Audit” fanidan mavzu: “Auditorlik kasbiga qo‘yiladigan talablar” nazorat ishi bajardi: IX 51-2 guruh talabasi


- Ko‘rsatilgan xizmal uchun to‘lov


Download 74.94 Kb.
bet5/6
Sana19.12.2022
Hajmi74.94 Kb.
#1033131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Urinov O. audit nazorat ishi

- Ko‘rsatilgan xizmal uchun to‘lov. Tekshiruv uchun to‘lov etika talablariga javob berishi uchun to‘lov summasi tekshiruv hajmi va sifatidan kelib chiqishi lozim . To‘lov summasiga ko‘rsatilayotgan xizmatning murakkabligi, auditorlar malakasi, auditorlik firmasining obro‘-e’tibori va auditor o‘z zimmasiga olayotgan javobgarlik kabi omillar ham ta’sir o‘tkazadi.
- Auditorlar o‘rtasidagi munosabatlar. Auditorlar boshqa auditorlarga do‘stona munosabatda bo‘lishlari va ularning ishlarini asossiz tanqid qilmasliklari zarur. Mijoz talabiga ko‘ra tekshiruvda qatnashayotgan auditorlardan bir yoki bir nechtasi almashtirilsa, avvalgi auditor keyingi auditor bilan ham yaxshi munosabatlarni o‘rnatishi, yangi auditor o‘z ishini yuqori sifatli qilib o‘tkazishi uchun barcha am aliy yordamni ko‘rsatishi kerak.
- Xodimlarning auditorlik fírmasi hilan munosabatlari. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditor auditorlik firmasiga ishga qabul qilingach, shu firmadagi butun faoliyati davomida firma obro‘sining ortishi va kelgusi rivoji uchun xizmat qilishi, firma rahbariyati va boshqa xodimlari, shuningdek, mijoz rahbariyati va xodimlari bilan do‘stona munosabatlami o‘rnatishi va ta’minlashi lozim.
Mijoz korxonada auditorlik sohasida xizmat ko‘rsatishdan oldin auditorlik firmalari mijoz oldida quyidagi m as’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar:
- xizmat ko‘rsatishda «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun”ning barcha moddalariga to‘hq amal qilish;
- audit tekshiruvini «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari»da keltirilgan talablarga mos ravishda o‘tkazish;
- auditorlik sohasida faoliyat yiiritish uchun maxsus litsenziyaga ega bo‘üsh; - mijoz faoliyatiga doir maxfiy m a’lumotni tijorat siri sifatida sir saqlash;
- o‘z xulosasi yuzasidan huquqiy javobgarlikni to ‘liq o‘z zimmasiga olish;
Yuqoridagi talablarning to‘liq bajarilishi auditorlik sohasida faqatgina maxsus malakaga, ruxsatga ega bo‘lgan shaxslar va firmalar faoliyat yuritishi mumkinligini ko‘rsatadi va mijozga xizmat ko‘rsatish jarayonida umum qabul qilingan qonunlar, standartlarga mos ish yuritishlarini ta’minlaydi. Natijada mijoz manfaatlari yuqori malaka va ijobiy fazilatlarga ega shaxslar tomonidan himoyalanadi. «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari» da audit tekshiruvini o‘tkazish borasidagi talablar bayon etilgan. Tekshiruvni ushbu talablarga asosan tashkil etish mijozga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishiga zamin yaratadi. Auditor tekshiruvining sifatsizligi va mijoz aynan auditor aybi bilan moddiy hamda ma’naviy zarar ko‘rgani ham sudda shu standartning buzilgan talablarini aniq ko‘rsatish orqali isbotlanadi.
Auditorning mijoz oldidagi mas’uliyatiga to‘liq amal qilmasligi auditorning mijoz oldidagi javobgarligini yuzaga keltiradi. Ushbu holat yuzasidan auditor javobgarligi O‘zbekiston Resbublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan aniqlanadi va sud organlari tomonidan qaror chiqariladi.


XULOSA
Auditorlik faoliyati uzoq rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi va bu davr mobaynida jamiyatning tobora kengayib borayotgan ehtiyojlarini kengroq qondirish maqsadida bu faoliyat sohasi o‘z yo‘lida katta burilish yasadi. Avvalgi davrda auditga faqat nazorat vositasi sifatida qaralgan bo‘lsa, hozirda bu faoliyat turi korxonalarga o‘z faoliyat sohalarini rivojlantirish, milliy va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikka erishishga qaratilgan faoliyatlariga yordam berishdan iborat.
Auditor professional xizmat ko‘rsatish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Buning natijasida auditorlik firmasi o‘z obro‘sini yo‘qotishi, litsenziyadan mahrum bo‘lishi va moddiyjavobgarlikka tortilishi mumkin. Mijoz tom onidan katta zarar ko‘rilishi esa auditorlik firmasining bankrot bo‘lishiga ham olib keladi. Bunday sharoitda sug‘urta auditorlik firmasi zim m asiga tushgan m oddiy javobgarlikning bir qism ini sug ‘urta kompaniyasiga yuklash va shu orqali auditorlik firmasiga bankrotlikni chetlab o‘tish imkonini beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan, auditorlik faoliyati ham tavakkalchilikka asoslanadi. Ko‘rsatiladigan xizmat turi va ish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, tavakkalchilik ham mos ravishda oshib boradi. Shu sabab, hozirda auditorlar o‘z faoliyati bilan bog‘liq bu tavakkalchiliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moddiy javobgarlikni qisqartirish maqsadida o‘z xulosa va maslaxatlarini sug‘urtalashmoqda.

Download 74.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling