Audit” kafedrasi “audit” fanidan nazorat ishi Mavzu
Download 62,78 Kb.
|
1 2
Bog'liqAudit nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik dalillarning turlari.
- Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar
Auditorlik dalillar. Auditorlik dalillar deganda auditorlik tashkiloti tomonidan
tekshiruvlar vaqtida aniqlanib to‟plangan va auditorlik xulosasini to‟g‟riligini isbotlovchi axborotlar tushuniladi Auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo‟lib,moliyaviy hisobotning ishonchligi to‟g‟risidagi auditorlik xulosasini tuzish imkonini beradigan axborotlar bo‟lib hisoblanadi. Auditorlik dalillarning turlari. Auditorlik dalillar turi, manbai va olinish usullari bo‟yicha turkumlanadi. Auditorlik dalillar turi bo‟yicha yozma va og‟zaki dalillarga bo‟linadi.Yozma dalillar hujjatlar va tushuntirish xatlari orqali tasdiqlanadi. Auditorlik dalillar manbai bo‟yicha ichki ,tashqi va aralash dalillarga bo‟linadi. Ichki auditorlik dalillar xo‟jalik yurituvchi sub‟yektdan yozma yoki og‟zaki olingan ma‟lumotlarni o‟z ichiga oladi. Tashqi dalillarga uchinchi tomonlardan yozma shaklda (odatda yozma so‟rov bo‟yicha) olingan ma‟lumotlar kiradi.Aralash dalillarga xo‟jalik yurituvchi sub‟yektdan yozma yoki og‟zaki ko‟rinishda olingan va uchinchi tomondan yozma ko‟rinishda olingan ma‟lumotlar kiradi Auditorlik dalillar olinish usuli bo‟yicha quyidagilarga bo‟linadi: 1.Faktlarni tasdiqlash yo‟li bilan olingan dalillar; 2.Hujjatashtirilgan faktlarni aniqlash yo‟li bilan olingan dalillar; 3.Maxsus o‟tkazilgan tahlil natijasida olingan dalillar Agar auditor xo‟jalikning hisobotini o‟rganish va xodimlar bilan suhbat o‟tkazish natijasida,hisobot to‟g‟ri va ishonchli birlamchi ma‟lumotlar asosida tuzilganligi mutlaqa ishonch hosil qilsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshirish o’tkazishi mumkin. Tanlab tekshirish ikki turli bo‟lishi mumkin: 1. Mos kelishni tanlab tekshirish; 2. Mohiyatan tanlab tekshirish. Mos kelishni tanlab tekshirishning asosiy vazifasi bo‟lib,tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me‟yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlash hisoblanadi. Demak,hisobot davri ichida sodir bo‟lgan jarayon natijalarining belgilangan me‟yorlarga mos kelishlik holatini tekshirish mos kelishni tanlab tekshirish deb ataladi. Mohiyatan tanlab tekshirish miqdroriy tanlab tekshirish degan manoni anglatadi. Ushbu tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o‟lchashdan iborat. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlarini, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish kabilar misol bo‟laoladi. Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar: 1.Dosmuradov R.D. Aulit asoslari. Darslik.T.: «O‟zbekiston milliy ensiklopediyasi»,2003. 2.. MusayevH.N. Audit. Darslik. –T.: «Moliya»,2003. Download 62,78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling