Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua
MAVZU. “AUDITORNING KASB ETIKASI» MAVZUSI BO’YICHA TARQATMA MATERIALLAR
Download 7.06 Mb.
|
Audit kafedrasi audit fanidan Oquv-uslubiy majmua
MAVZU. “AUDITORNING KASB ETIKASI» MAVZUSI BO’YICHA TARQATMA MATERIALLAR
Kasbga doir xizmatlar ko’rsatish tartibi. Kasbga doir xizmatlar auditorlik tashkiloti bilan ushbu xizmatlar buyurtmachisi o’rtasida tuziladigan kasbga doir xizmatlar ko’rsatish shartnomasi asosida ko’rsatiladi. Shartnomani bajarayotganda auditor auditor, xo’jalik yurituvchi sub’ekt (buyurtmachi) va zarurat bo’lganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan taomillarni bajaradi va ko’rsatilgan kasbga doir xizmatlar natijalari to’g’risida asoslangan xulosalar Bilan hisobot taqdim etadi. Hisobot kasbga doir xizmatlar buyurtmachisiga kasbga doir xizmatlar ko’rsatish shartnomasining shartlariga muvofiq hajm va muddatlarda taqdim etiladi. Kasbga doir xizmatlar ro’yxati. Auditorlik tashkiloti kasbga doir quyidagi xizmatlarni ko’rsatishi mumkin: «O’zbekiston auditorlarining kasb etikasi Kodeksi» 18 moddadan iborat bo’lib, auditorlar oldiga qo’yiladigan ahloqiy talablar mazmuni haqida ushbu moddalar orqali tasavvurga ega bo’lish mumkin: 1-modda. Vijdonlilik va obektivlik. 2-modda. Ahloqiy nizolarni hal etish. 3-modda. Professional kompetentlilik. 4-modda. Maxfiylik. 5-modda. Soliq amaliyoti. 6-modda. Xalqaro faoliyat. 7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish. 8-modda. Mustaqillik. 9-modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo’lmagan shaxslardan foydalanishga bog’liq majburiyatlar. 10-modda. Shartnoma bo’yicha va komission to’lovlar. 11-modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat. 12-modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Yangi xodimlarni qabul qilish. 13-modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish. 14-modda. Manfaatlar nizosi. 15-modda. Hamkasblarni qo’llab-quvvatlash. 16-modda. Professional kompetentlilik. 17-modda. Axborotlarni taqdim etish. 18-modda. Intizomiy choralar. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar: Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma; Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiq-langan nusxalari; Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma; Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiq-lovchi bankning to’lov hujjati. Taomillar va isbot-dalillar. Kasbga doir xizmatlar ko’rsatish shartnomasida kelishilgan taomillar miqdori va hajmi kasbga doir ko’rsatilgan xizmatlar natijalari to’g’risida hisobot tuzish uchun zarur miqdorda isbot-dalillar olish uchun etarli bo’lishi kerak. Kelishilgan taomillar o’z ichiga quyidagilarni olishi mumkin: Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling