Shunga muvofiq buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar qilingan:
Sanasi
|
Muomalalar mazmuni
|
Hujjat
|
Schotlar korrespondensiyasi
|
So‘m
ma
|
|
|
|
Debet
|
Kredit
|
|
10.08
|
R.S.Ahmedovga safar xizmati uchun hisobdor so‘mma berilgan
|
10 avgust 109-sonli buyruq, 94-sonli kassa chiqim orderi
|
6870
|
5010
|
60000
|
26.08
|
Foydalanilmagan safar xizmati so‘mmasi kassaga qaytarilgan
|
hisob-kitob raschoti, 185-sonli kassa kirim orderi
|
5010
|
6870
|
2000
|
26.08
|
R.S.Ahmedovning safar xizmati xarajatlari "Davr xarajatlariga hisobdan chiqarildi".
|
Avans hisoboti
|
9429
|
6870
|
58000
|
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4.Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Ishbay ish haqi olib ishlovchi xodim Aliyev A. belgilangan ishlab chiqarish me’yorini 120%ga oshirib bajardi. Me’yorni 100% bajargan vaqtda to‘g‘ri ishbay ish haqi uchun oylik ish haqi miqdori 200 ming so‘m. Korxonaning Ichki Nizomiga asosan ishlab chiqarish me’yorini 105%dan yuqori bajargan ishchilarga har bir oshirib bajarilgan % uchun mahsulot rastsenkasi 1,4 barobar yuqori to‘lash ko‘zda tutilgan. Ushbu oyda ishchi Aliyev A.ga hisoblangan ish haqi 215 ming so‘mni tashkil qilgan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
4. Hisoblangan ish haqining to‘g‘riligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |