Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua
Omillar Tanlab olish miqdoriga ta’siri
Download 7.06 Mb.
|
Audit kafedrasi audit fanidan Oquv-uslubiy majmua
Ekspertni tayinlash. Ekspert sifatida auditorlik tashkiloti yuridik shaxs hisoblangan ixtisoslashtirilgan tashkilot ishidan foydalanishi mumkin. Audit o’tkazayotganda auditorlik tashkiloti baholovchi, muhandis, geolog, texnolog va boshqa ekspert ishidan foydalanishi mumkin. Auditorlik tashkiloti auditni o’tkazish chog’ida ishidan foydalanadigan ekspert quyidagilarga ega bo’lishi shart: Tegishli hujjatlar (diplom, litsenziya va hokazolar) bilan tasdiqlangan tegishli malaka. Xulosa tuzishni auditorlik tashkiloti ko’zda tutayotgan sohada tegishli mulohazalar, tavsiyalar, ma’lumotnomalar va hokazolar bilan tasdiqlangan tegishli tajriba va obro’ga ega bo’lish. Agar ekspert tayinlanganidan keyin yuqorida ko’rsatilgan holatlar yuzaga kelsa yoki ma’lum bo’lib qolsa, auditorlik tashkiloti ekspert xulosasining ob’ektivligi tasdig’ini ta’minlaydigan qo’shimcha auditorlik rusum-qoidalarini amalga oshirishi yoki boshqa ekspertni tayinlashi kerak. Ekspert xulosasi uch qismdan: kirish, tadqiq etish va xulosa qismlaridan iborat bo’lishi kerak. Ekspert xulosasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi shart: hujjatning nomi. hujjat sanasi. Ekspertning o’z imzosi va uning rasshifrovkasi. Ekspert-yuridik shaxs xulosasi uning muhri bilan tasdiqlanishi shart. Ekspert o’z xulosasini kamida ikki nusxada tayyorlaydi, ulardan biri auditorlik tashkiloti audit o’tkazayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga, ikkinchisi auditorlik tashkilotiga taqdim etiladi. Ekspert ishi natijalarini rasmiylashtirish. Ekspert o’z ishi natijalarini yozma shakldagi xulosa (hisobot, hisob-kitob va hokazolar) ko’rinishida taqdim etadi. Ekspert ishi natijalaridan foydalanish. Ekspert ishi natijalari auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagilarga nisbatan ko’rib chiqilishi kerak: 1. Ekspert xulosasiga asoslanadigan axborot. 2.Ekspert tomonidan o’z xulosasini tayyorlashda foydalanilgan taxminlar va usullar, shu jumladan, ularning oldingi davrlarda foydalanilgan taxminlar va usullarga muvofiqligi. 3. O’tkazilgan auditning umumiy natijalari. Asosiy va boshqa auditorlarning javobgarligi. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlikhisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorninghisobotiga kiritilgan axborotlarham qo’shiladi. Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling