Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari


Download 7.06 Mb.
bet262/295
Sana28.10.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1731121
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   295
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari




Hisob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli №1 BHMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya hisobotining ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzishdan iborat bo’lib, hisob siyosati №1 BHMSga muvofiq ularni bajarishni ta’minlashi lozim.



Bunday tartibda test sinovi o’tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining qaysi jihatlari to’liq yoritilmaganligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa qilishga yordam beradi.


Ko’p hollarda quyidagi masalalar hisob siyosatida o’z aksini topmaydi:


I. Tashkiliy - texnik masalalar.

  • hujjatlar aylanish qoidalari va reja - grafigi;

  • ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar);

  • ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o’zi, taftish komissiyasi);

II. Uslubiy masalalar.

  • materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat qilish usullari;

  • umum ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xarajatlarni taqsimlash tartibi;

  • davr sarflarini hisobdan o’chirish tartibi;

  • tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash.

III. Soliqqa oid masalalar.

  • alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari bo’yicha, sotilgan tovarlar bo’yicha, har xil stavkalarda QQS solinadigan, QQS solinmaydigan va hokazo);

  • ijtimoiy soha ob’ektlarini alohida hisobga olishni tashkil etish (mulklar imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishlarda birga qo’shib ishlatilgan hollarda mulk solig’i bo’yicha imtiyozga huquq olish uchun).



Ichki nazorat tizimini o’rganish (bayon qilish). Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi.


Agar har kunlik ish ichki nazorat ostida bo’lsa, daromadlar ko’payadi. Kundalik ish ishonchli bo’lsa daromadni yo’qotish xavf-xatari ham pasayadi. Ichki nazoratning tuzilishi turli xil bo’lishi, korxona faoliyati, uning hajmi, EHM bilan jihozlanganligi, rahbariyatning shaxsan nazorat qila olish imkoniyatlari va ko’plab boshqa omillarga bog’liq.





Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi - auditni rejalashtirish, shuningdek auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash uchun puxta zamin yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks ettirishdan iborat. Faraz qilaylik, auditor tomonidan dastlabki auditorlik tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda turgan ishlarning borishi to’g’risida ma’lum tasavvurga ega.


Xatda ichki nazorat tizimining muammolari bilan bog’liq faktlar bayon qilinib, auditor bular haqida mijoz-korxona boshqaruvini xabardor qilishi lozim. Chunki, bu muammolar ichki nazorat tizimining tarkibi va faoliyat ko’rsatishida sezilarli kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi va korxonaning moliyaviy axborotlarini ro’yxatga olish, qayta ishlash va moliyaviy hisobotda umumlashtirish layoqatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Auditor mijoz uchun samarali ichki nazorat tizimini yaratish uchun korxonaning tashkiliy tuzilmasini, nazorat amallarini va hujjatlashtirishni ishlab chiqishi talab etiladi. Auditorlik firmasi ishlab chiqadigan nazorat tizimi bu konsultatsion xizmatlar bo’lib, ularni firma o’zining auditorlik funktsiyalariga kiritmaydi.







Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling