1-keys Maqsad – materiallar hisobini o’rganish. Masalani bajarish uchun ma’lumotlar


Download 40.13 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi40.13 Kb.
#1789160
Bog'liq
KeyslarByudjetHisobi


1-keys
Maqsad
– materiallar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Davlat ishlab chiqarish korxonasi Yetkazib beruvchidan 12 000 ming so’mlik materiallarni (QQS bilan birga) sotib oldi. Material uchun oldindan to’lov xarid qiymatining 50 % ini tashkil qildi. Korxona xarid qilingan materiallar bo’yicha QQS ni materiallar QQS solinadigan aylanmalarda ishlatilishi sharti bilan mol etkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasi asosida hisobga olish uchun qabul qiladi.

Topshiriq
1. Quyidagilarni amalga oshiring



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallar uchun oldindan to’lov aks ettirildi.










2

Materiallarni kelib tushishi aks ettirildi.










3

QQS hisobga olinishi aks ettirildi.










4

Bo’nakni hisobga olish aks ettirildi.










5

Mol etkazib beruvchiga pul mablag’lari o’tkazildi.












2-keys
Maqsad – materiallar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxona qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan materiallarni sotib oladi, shu jumladan QQS 200 ming so’m. Mol etkazib beruvchi QQS hisobga olinmagan holda sotish narxidan 10 foiz miqdorida chegirma taqdim etadi.

Topshiriq
1. Olingan chegirma summasini aniqlang;
2. Quyidagilarni amalga oshiring:



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallarni xarid qilish aks ettirildi.










2

QQS hisobga olish uchun qabul qilindi.










3

Materiallar sotuvchisiga qarz qaytarildi.












3-keys
Maqsad - ko’rsatilgan xizmatlar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxonaga qiymati AQSh dollarida belgilangan xizmatlar ko’rsatiladi. To’lov kundagi MB kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Xizmatlar qiymati 12 000 dollarni, shu jumladan QQS 2 000 dollarni tashkil qildi.
AQSh dollari kursi quyidagicha bo’lgan:
Xizmatlar ko’rsatilgan kunda – 1 AQSh dollari uchun 1 740 so’m:
To’lov kunida – 1 AQSh dollari uchun 1 745 so’m.

Topshiriq:


1. Quyidagilarni amalga oshiring:



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Korxonaga ko’rsatilgan xizmatlar aks ettirildi










2

QQS hisobga olish uchun qabul qilindi










3

Kurs farqi aks ettirildi










4

Xizmatlar yetkazuvchisiga bo’lgan qarz qoplandi











4-keys
Maqsad – muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.

Korxona tomonidan nominal qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan yillik obligatsiyalar chegirma bilan 1 140 ming so’mga sotib olindi.
Obligatsiyalar bo’yicha foizli daromad yil oxirida bir marta hisoblab yoziladi.

Topshiriq:


1. Diskont chegirma summasini aniqlang;
2. Quyidagilarni amalga oshiring:



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Obligatsiyalar chegirma bilan sotib olindi




0610

5110

2

Diskont summasi aks ettirildi




0610

6210

3

Chegirma hisobdan chiqarildi




6210

9530



5-keys
Maqsad – ijaralar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Ishlab chiqarish korxonasi omborlarni 6 oy muddatga ijaraga beradi. Ijara haqi 6 oy uchun bo’nak tarzida kelib tushadi va 7 200 ming so’mni shu jumladan QQS 1 200 ming so’mni tashkil qiladi. Omborlarni ijaraga berish korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi. Shuning uchun hisobda mulkni ijara berishdan daromadlar 9350 – “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” (boshqa operatsion daromadlar) hisob varag’i bo’yicha aks ettiriladi.

Topshiriq:
1. Diskont chegirma summasini aniqlang.
2. Quyidagilarni amalga oshiring:



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Ijara summasi bo’nak tarzida olindi.




5110

6310

2

Har oyda: omborni ijaraga berishdan daromad aks ettirildi




4820

9350

3

QQS hisoblandi




4820

6410

4

QQS to’landi




6410

5110


Topshiriq javoblari
1-keys
1-topshiriq
1. Dt-4310; Kt-5110; 5 100 ming so’m
2. Dt-1010; Kt-6010; 12 000 ming so’m
3. Dt-4410; Kt-6010; 1 800 ming so’m
4. Dt-6010; Kt-4310; 5 100 ming so’m
5. Dt-6010; Kt-5110; 1 200 ming so’m

2-keys
2-topshiriq
1. Dt-1010; Kt-6010; 1 200 ming so’m
2. Dt-4410; Kt-6010; 200 ming so’m
3. Dt-6010; Kt-5110; 1 280 ming so’m

3-keys
1-topshiriq
1. Dt-****; Kt-6010; 12 000 dollar
2. Dt-4410; Kt-6010; 2 000 dollar
3. Dt-9620; Kt-6010; 70 ming so’m
4. Dt-6010; Kt-5110; 70 ming so’m

4-keys
2-topshiriq
1. Dt-0610; Kt-5110; 1 140 ming so’m
2. Dt-0610; Kt-6210; 20 ming so’m
3. Dt-6210; Kt-9530; 20 ming so’m

5-keys
2-topshiriq
1. Dt-5110; Kt-6310; 7 200 ming so’m
2. Dt-4820; Kt-9350; 1 200 ming so’m
3. Dt-4820; Kt-6410; 1 200 ming so’m
4. Dt-6410; Kt-5110; 1 200 ming so’m
Download 40.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling