Keyslar to’plami 1-guruh uchun. Maqsad


Download 16.75 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi16.75 Kb.
#1349507
Bog'liq
Majburiyatlar hisobi 2- amaliy


KEYSLAR TO’PLAMI

1-guruh uchun.
Maqsad – materiallar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqaruvchidan 12 000 ming so’mlik materiallarni (QQS bilan birga) sotib oladi.
Material uchun oldindan to’lov xarid qiymatining 50 %ini tashkil qildi.
Korxona xarid qilingan materiallar bo’yicha QQSni materiallar QQS solinadigan aylanmalarda ishlatilishi sharti bilan mol etkazib beruvchining hisobvaraq-fakturasi asosida hisobga olish uchun qabul qiladi.
Topshiriq:
1. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallar uchun oldindan to’lov aks ettirildi










2

Materiallarni kelib tushishi aks ettirildi










3

QQS hisobga olinishi aks ettirildi










4

Bo’nakni hisobga olish aks ettirildi










5

Mol etkazib beruvchiga pul mablag’lari o’tkazildi











2-guruh uchun.
Maqsad – materiallar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxona qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan materiallarni sotib oladi, shu jumladan QQS 200 ming so’m. Mol etkazib beruvchi QQS hisobga olinmagan holda sotish narxidan 10 foiz miqdorida chegirma taqdim etadi.
Topshiriq:
1. Olingan chegirma summasini aniqlang;
2. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallarni xarid qilish aks ettirildi










2

QQS hisobga olish uchun qabul qilindi










3

Materiallar sotuvchisiga qarz qaytarildi










3-guruh uchun.
Maqsad – ko’rsatilgan xizmatlar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxonaga qiymati AQSh dollarida belgilangan xizmatlar ko’rsatiladi. To’lov kundagi MB kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Xizmatlar qiymati 12 000 dollarni, shu jumladan QQS 2 000 dollarni tashkil qildi.
AQSh dollari kursi quyidagicha bo’lgan:
Xizmatlar ko’rsatilgan kunda – 1 AQSh dollari uchun 1 740 so’m:
To’lov kunida – 1 AQSh dollari uchun 1 745 so’m.
Topshiriq:

  1. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Korxonaga ko’rsatilgan xizmatlar aks ettirildi










2

QQS hisobga olish uchun qabul qilindi










3

Kurs farqi aks ettirildi










4

Xizmatlar etkazuvchisiga bo’lgan qarz qoplandi











4-guruh uchun.
Maqsad – muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxona tomonidan nominal qiymati 1 200 ming so’m bo’lgan yillik obligatsiyalar chegirma bilan 1 140 ming so’mga sotib olindi.
Obligatsiyalar bo’yicha foizli daromad yil oxirida bir marta hisoblab yoziladi.
Topshiriq:

  1. Diskont chegirma summasini aniqlang;

  2. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Obligatsiyalar chegirma bilan sotib olindi










2

Diskont summasi aks ettirildi










3

Chegirma hisobdan chiqarildi











5-guruh uchun.
Maqsad – ijaralar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Ishlab chiqarish korxonasi omborlarni 6 oy muddatga ijaraga beradi. Ijara haqi 6 oy uchun bo’nak tarzida kelib tushadi va 7 200 ming so’mni shu jumladan QQS 1 200 ming so’mni tashkil qiladi. Omborlarni ijaraga berish korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi. Shuning uchun hisobda mulkni ijara berishdan daromadlar 9350-“Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”(boshqa operatsion daromadlar) hisob varag’i bo’yicha aks ettiriladi.
Topshiriq:

  1. Diskont chegirma summasini aniqlang;

  2. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Ijara summasi bo’nak tarzida olindi










2

Har oyda: omborni ijaraga berishdan daromad aks ettirildi










3

QQS hisoblandi










4

QQS to’landi











6-guruh uchun.
Maqsad – materiallar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Materiallarning narxi sezilarli darajada oshishi munosabati bilan korxona ombordagi materiallarni 1 200 ming so’mga qo’shicha baholadi. Qayta baholashdan keyin keladigan chorakda qo’shimcha baholangan materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulot 21 600 ming so’mga sotildi shu jumladan QQS – 3 600 ming so’m. Tayyor mahsulotlarning tannarxi – 9200 ming so’m.
Topshiriq:

  1. Quyidagilarni amalga oshiring;



Xo’jalik operatsiyalarining mazmuni

Summasi, (ming so’m)

21-son BHMS bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

debet

kredit

1

Materiallarni qo’shimcha baholash aks ettirildi










2

Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromad aks ettirildi










3

Sotishdan QQS hisoblandi










4

Materiallarni qayta baholash bo’yicha muddati kechiktirilgan daromad hisobdan chiqarildi










5

Sotilgan mahsulotlarni tannarxi hisobdan chiqarildi










Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling