Qanday hollarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
Qonunda auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydigan norma ham mavjud. Xususan, auditorlik tashkiloti sug‘urtalovchisi, kreditorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan o‘zining muassislari, ishtirokchilari, aksiyadorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan, audit tashkilotlari xodimlari bilan tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektning rahbarlik, moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq lavozimdagi shaxslar o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari mavjud bo‘lganida va shu kabi qator holatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti ketma-ket 7 yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi sub'yektning tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
U tashkilotlar ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishda tahlikali-tahlil natijalariga asoslanadi va tahlil darajasi belgilab olinadi.
O‘z navbatida qonun bilan xalqaro tajribalar hisobga olingan holda auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar ham o‘rnatildi.
2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 99ta auditorlik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Auditorlar soni esa 572 kishini tashkil qiladi. 19ta mahalliy auditorlik tashkilotlari yirik xalqaro tarmoq va assotsiatsiyalarning a'zolari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |