Auditorlik xulosasiga qaysi qatorda to’liqroq va aniqroq javob berilgan?
A. Moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektga taqdim etilgan hujjat;
B. Moliyaviy hisobotning to’g’riligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat;
C. Buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat;
D. Moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining maxfiy fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat;
ANSWER: A
Ichki va tashqi tazyiq ko’rsatishga tegishli tarzda aldash va xatolarni ko’paytiradigan omillarga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
A. Sanoat tarmog’ining iqtisodiy ko’rsatkichlari pasayib, bankrotlik hollari ko’payishi;
B. Ko’pturkumli korporativ tizim mavjudligi;
C. Rahbariyat vazifalari bir kishi tomonidan amalga oshirilib, uning ustidan tegishli, samarali nazorat o’tkazilmaslik;
D. Bosh buxgalter, buxgalterlar va iqtisodchilarni tez-tez o’zgarib, almashinib turishi;
ANSWER: A
Auditorlik isbotlarini to’plash vaqtida paydo bo’ladigan vaziyatda aldash va xatolarni ko’paytiradigan omillarga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
A. Buxgalteriya yozuvlari va uchinchi tomonlar ma’lumotlari o’rtasida katta farq mavjudligi va ularning auditorlik isbotlariga qarama-qarshiligi;
B. Ko’pturkumli korporativ tizim mavjudligi;
C. Yuristlarni va auditorlarni tez-tez almashinishi;
D. Bosh buxgalter, buxgalterlar va iqtisodchilarni tez-tez o’zgarib, almashinib turishi;
ANSWER: A
Do'stlaringiz bilan baham: |