Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish docx


Sub'еkt rahbariyati xat-taqdimotining namunasi


Download 100.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana11.05.2023
Hajmi100.42 Kb.
#1450977
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish

Sub'еkt rahbariyati xat-taqdimotining namunasi: Quyidakеltirilgan xat
standartlashgan shakl hisoblanmaydi. Sub'еkt rahbariyatining taqdimotlari bir
sub'еktdan ikkinchisiga, bir davrdan ikkinchisiga qarab o’zgarishi mumkin.
Sub'еkt rahbariyatidan turli jabhalar bo’yicha taqdimotlar olishga intilish
rahbariyat diqqatini ushbu jabhalarga jalb qilish uchun xizmat qilganligi bilan
va, shunday qilib, ma'lumot taqdim etish bo’yicha so’rovnoma mavjud
bo’lmagan holatga nisbatan, sub'еkt rahbariyati tomonidan aynan ushbu jabhalar
bo’yicha yanada ham batafsilroq ishlashga da'vat qilganligi bilan, auditor ushbu
AXSga muvofiq auditorlik dalillar sifatida foydalaniladigan sub'еkt rahbariyati
taqdimotlariningchеklovlari to’g’risida xabardor bo’lishi lozim.
2.Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi
va oldiga qo’yiladigan talablar.
Auditning xalqaro standartlari – AХS (International Standarts of Auditing –
ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli
maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi:
№ 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)
№ 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang’ich qoldiqlar» (Initial
Engagements Opening Balances)
№ 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures)
№ 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling)
№ 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymatlar auditi (Audit of
Accounting Estimates)
№ 550 – Bog’liq tomonlar (Related Parties)
№ 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events)
№ 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern)


9
№ 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations)
Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan
dalillarning yetarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan
talablarni belgilaydi.
Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik
faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo’lim sifatida
umumlashtirish mumkin:
№10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-
AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»;
№13-AFMS «Тahliliy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS
«Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni
olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 –
«Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini
barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida
qo’llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi
amallarni bajarish natijasida yetarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:
Ø
schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda
to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:
Ø
tahliliy amallar:
Ø
ichki nazorat vositalarini tekshirish;
Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va
ularning hajmi audit dasturida ko’rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik
tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan
mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil
qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik
xulosasi tuzish imkonini beradi.


10
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib
chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor
qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan
fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish
jarayoni tushuniladi.

Download 100.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling