Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish docx


Download 100.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana11.05.2023
Hajmi100.42 Kb.
#1450977
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish

3. Auditorlik dalillarning turlari.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib,
ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi.
Auditorlik dalillar turlariga ko’ra yozma va og’zaki dalillarga bo’linadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar)
og’zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin. Ammo
ayrim hollarda og’zaki dalillar ancha muhim va foydali bo’lishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash
dalillarga bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi
subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga
oladi.
Тashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko’rinishda (odatda
auditorlik tashkilotining yozma so’rovi bo’yicha) olingan ma’lumotlardan
iborat.
Aralash auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki
og’zaki ko’rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan


13
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko’ra quyidagicha turkumlanadi: a)
faktlarni tasdiqlash yo’li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni
aniqlash yo’li bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida
aniqlangan dalillar.
Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining
mavjudligini aniqlashdan iborat. Bu xo’jalik faoliyatidagi faktlar bo’lib, ularni
fakt-vaziyatlar deb hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi
hisoblangan inventarizatsiya yo’li bilan aniqlanadi.
Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob
registrlarini to’ldirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo’li
bilan amalga oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki
tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq operatsiyalar misol
bo’lishi mumkin. shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining
bir-birlariga mos kelmaslik holatlari.
Maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan
ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan
amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit
jarayonida salmoqli o’rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar»
schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor
ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur;
3) taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari)
va mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor
tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Haqiqatda
2910-«Omborlardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko’rsatilgan tovarlar yo’q
bo’lsa, hech qanday fikr-mulohazaga o’rin qolmaydi. So’ngra uchinchi va
to’rtinchi argumentlarni ahamiyatliligi bo’yicha ko’rsatish mumkin.

Download 100.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling