Auditda muhimlik darajasini aniqlash


Balansda muhim o’rin tutadigan moddalarning Muhimlik darajasini aniqlash (balans umumiy summasining 1% dan yuqori bo’lgan moddalar muhim deb olingan)


Download 195.5 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1543839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
audit

Balansda muhim o’rin tutadigan moddalarning Muhimlik darajasini aniqlash (balans umumiy summasining 1% dan yuqori bo’lgan moddalar muhim deb olingan)

Balans moddalari




Summa, ming so’m

Moddaning balans
jamidagi ulushi%

Muhimlik darajasi, ming so’m

Aktiv moddalari










Asosiy vositalar




654472,0

80,4

8040,0

Ishlab chiqarish zahiralari




39957,0

5,0

500,0

Tayyor mahsulotlar




49211,0

6,0

600,0

Xaridor va buyurtmachilar




69938, 0

8,6

860,0

BALANS




813578,0

100,0

10000,0

Passiv moddalari










Ustav kapitali




19741,0

2,4

240,0

Rezerv kapitali




616135,0

75,7

7570,0

Taqsimlanmagan foyda




23819,0

2,9

290,0

Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar




24134,0

3,0

300,0

Qisqa muddatli qarzlar




30000,0

3,7

370,0

Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar




32120,0

3,9

390,0

Kreditorlar:

  • mol etkazib beruvchilar

  • byudjet bo’yicha qarzlar

  • boshqa kreditorlar




8597, 0
23102, 0
35930, 0

1,1
3, 2
4, 1

110,0
320,0
410,0

BALANS




813578,0

100, 0

10000,0

Auditor aniqlangan xatolar bo’yicha mijoz-korxona rahbariyatiga joriy buxgalteriya davrida tuzatish yozuvlarini amalga oshirishni tavsiya qilishi lozim.
Agarda taxmin qilinayotgan xatolar va tafovutlar sezilarli darajada bo’lsa, mijozkorxona rahbariyatining tuzatish kiritishga rozi bo’lmasligi auditor uchun salbiy auditorlik xulosasi tuzishga asos bo’lishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti tomonidan o’rnatiladigan asosiy ko’rsatkichlar tizimi va muhimlik darajasi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi hamda auditorlik tashkilotining ijro organi tomonidan tasdiqlanadi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelgan vaziyatlar taqazosi bilan muhimlik darajasi ko’rsatkichi o’zgartirilishi (tuzatilishi) mumkin. Bunda muhimlik darajasining o’zgartirilish fakti, uning yangi ko’rsatkichi, tegishli hisob-kitoblar va dalil-isbotlar tafsiloti auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilgan bo’lishi lozim.
Ta’kidlash joizki, №9-AFMS da muhimlik darajasining asosiy ko’rsatkichlar tizimini va ushbu darajani aniqlashning uslubiy asoslangan tartibini auditorlik tashkiloti tomonidan o’zgartirish uchun asos bo’luvchi omillar ham keltirilmagan. Bizning fikrimizcha, bunday omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • moliyaviy hisobot asosiy ko’rsatkichlarini yoki balans moddalarini aniqlash tartibiga ta’sir qiladigan, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni isloh qilishga doir o’zgarishlar;

  • muhimlik darajasini aniqlash uslublari oldiga qo’yiladigan talablarni belgilaydigan, auditga doir qonunchilikdagi o’zgarishlar;

  • auditorlik tashkiloti ixtisoslashuvining o’zgarishi;

  • auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibidagi o’zgarishlar, ularning ishlab chiqarish turi yoki tarmog’iga tegishliligining o’zgarishi;

  • auditorlik tashkiloti rahbariyatining o’zgarishi.

Muhimlik darajasi buxgalteriya hisobi yuritiladigan va buxgalteriya hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanishi lozim. Muhimlik darajasi har bir auditorlik tekshiruvi uchun tekshiruvni rejalashtirish bosqichi yakunlanganidan so’ng aniqlangan bo’lishi lozim. Aniqlangan muhimlik darajasining qiymati auditorlik tekshiruvining umumiy rejasida1 ham aks ettirilgan bo’lishi kerak. Agar mijozkorxona vakillari muhimlik darajasining auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlanish tartibi bilan qiziqib qolishsa, u holda auditorlar ularga ushbu axborotni taqdim etishlari zarur.


Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling