Аудитни ҳужжатлаштириш (6-сонли афмс)


Download 20.11 Kb.
bet5/5
Sana10.11.2023
Hajmi20.11 Kb.
#1763145
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro moliyaviy xisobodlar 8. Qaram va qo’shma korxonadagi investitsiyalar

Investitsiya qaram tadbirkorlik sub’ekti yoki qo‘shma korxonani tashkil etadigan sanadan boshlab ulush bo‘yicha hisobga olish usuli asosida hisobga olinadi. Investitsiya sotib olinganida, investitsiyaning tannarxi bilan investitsiya ob’ektining aniqlanadigan aktivlari va majburiyatlarining sof haqqoniy qiymatlaridagi tadbirkorlik sub’ektining ulushi o‘rtasidagi har qanday farq quyidagicha hisobga olinadi:


(a) Qaram tadbirkorlik sub’ektiga yoki qo‘shma korxonaga tegishli gudvill investitsiyaning balans qiymatiga kiritiladi. Ushbu gudvillni amortizatsiya qilishga ruxsat etilmaydi.
(b) investitsiya ob’ektining aniqlanadigan aktivlari va majburiyatlarining sof haqqoniy qiymatidagi tadbirkorlik sub’ekti ulushining investitsiya tannarxidan har qanday ortiq qismi investitsiya sotib olingan davrda qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning foyda yoki zararidagi tadbirkorlik sub’ektining ulushini aniqlashda daromad sifatida hisobga olinadi.
Qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning foyda yoki zararidagi tadbirkorlik sub’ektining ulushiga xarid sanasidan so‘nggi tegishli tuzatishlar, masalan, xarid sanasidagi eskirish hisoblanadigan aktivlarning haqqoniy qiymatlariga asoslangan ularning eskirishini hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi. Xuddi shuningdek, qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning foyda yoki zararidagi tadbirkorlik sub’ektining ulushiga xarid sanasidan so‘nggi tegishli tuzatishlar gudvill yoki asosiy vositalar kabilar uchun qadrsizlanishdan olingan zararlarni hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi.
Qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning eng yaqin oradagi oldingi davr uchun moliyaviy hisobotlari tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llashda foydalaniladi. Qachonki tadbirkorlik sub’ektining hisobot davrining oxiri qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonanining hisobot davri oxiridan farq qilsa, qaram tadbirkorlik sub’ekti yoki qo‘shma korxona tadbirkorlik sub’ektining foydalanishi uchun tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlarining sanasi bilan bir xil bo‘lgan sana holatiga o‘z moliyaviy hisobotlarini tayyorlaydi, bunda uni tayyorlash amaliy imkonsiz bo‘lmaguncha.
Agarda qaram tadbirkorlik sub’ekti yoki qo‘shma korxona bir xil operatsiyalar va hodisalar uchun tadbirkorlik sub’ektining hisob siyosatlaridan farq qiladigan siyosatlardan foydalansa, tuzatishlar qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning hisob siyosatlarini tadbirkorlik sub’ektining siyosatlariga mos kelishini ta’minlash uchun amalga oshiriladi, qachonki qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning moliyaviy hisobotlari tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llashda foydalanilsa.
Agarda qaram tadbirkorlik sub’ekti yoki qo‘shma korxona tadbirkorlik sub’ektidan tashqari boshqa tomonlar tomonidan egalik qilinadigan amaldagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarga ega bo‘lsa va ular kapital sifatida tasniflangan bo‘lsa, tadbirkorlik sub’ekti foyda yoki zarardagi o‘zining ulushini bunday aksiyalar bo‘yicha dividendlarga nisbatan to‘g‘rilagandan so‘ng hisoblaydi, bunda dividendlar e’lon qilingan yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar.
Ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llashdan, jumladan qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning zararlarini 38-bandga muvofiq tan olishdan, so‘ng tadbirkorlik sub’ekti qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi o‘zining sof investitsiyasining qo‘shimcha qadrsizlanishi bo‘yicha zararni tan olishi kerak yoki kerak emasligini aniqlash uchun BHXS 39 “Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash” ni qo‘llaydi.
Tadbirkorlik sub’ekti sof investitsiyaning ma’lum qismini va qadrsizlanish bo‘yicha zarar miqdorini tashkil etmaydigan qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi o‘zining sof investitsiyasiga nisbatan har qanday qo‘shimcha qadrsizlanish zararini tan olishi zarurligini aniqlash uchun BHXS 39 ni qo‘llaydi.
Qadrsizlanish bo’yicha zararlar
Thank You!
Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling