Аудитни ҳужжатлаштириш (6-сонли афмс)
Ulush bo’yicha hisobga olish usuli
Download 20.11 Kb.
|
xalqaro moliyaviy xisobodlar 8. Qaram va qo’shma korxonadagi investitsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulush bo‘yicha hisobga olish usulining qo‘llanilishi
- Sotish uchun mo‘ljallangan investitsiya sifatida tasniflash
Ulush bo’yicha hisobga olish usuliUlush bo‘yicha hisobga olish usulida, dastlabki tan olishda qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi investitsiya tannarxda tan olinadi, va uning balans qiymati xarid sanasidan so‘ng investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi investorning ulushini tan olish paytida ko‘payadi yoki kamayadi. Investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi investorning ulushi investorning foyda yoki zarari tarkibida tan olinadi. Investitsiya ob’ekti tomonidan taqsimlangan summalarni olish natijasida tan olinadigan daromad qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi investitsiyadan investor tomonidan ishlab topilgan daromadning maqbul o‘lchovini anglatmasligi mumkin, chunki olingan summalar qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning faoliyati natijalariga ozgina aloqaga ega bo‘lishi mumkin. Qachonki potensial ovoz berish huquqlari yoki potensial ovoz berish huquqlarini qamrab olgan boshqa derivativlar mavjud bo‘lsa, tadbirkorlik sub’ektining qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi ulushi faqatgina mavjud egalik ulushlari asosida aniqlanadi. Ulush bo‘yicha hisobga olish usulining qo‘llanilishi
Sotish uchun mo‘ljallangan investitsiya sifatida tasniflashTadbirkorlik sub’ekti sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflanish mezonini qanoatlantiradigan qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi investitsiyaga, yoki investitsiyaning qismiga, nisbatan MHXS 5 ni qo‘llashi lozim. Sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflanmagan qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi investitsiyaning har qanday qoldiq qismi sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflangan qismning chiqib ketishi sodir bo‘lgunga qadar ulush bo‘yicha hisobga olish usulida hisobga olinishi lozim. Chiqib ketish sodir bo‘lgandan so‘ng, tadbirkorlik sub’ekti qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi har qanday qoldiq ulushni MHXS 9 ga muvofiq hisobga olishi lozim, bunda qoldiq ulush tadbirkorlik sub’ekti ulush bo‘yicha hisobga olish usulidan foydalanadigan holatdagi qaram tadbirkorlik sub’ekti yoki qo‘shma korxona bo‘lishda davom etmaguncha. Qachonki oldin sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflangan qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi investitsiyaga, yoki investitsiyaning qismi, bundan buyon bunday tasniflanish mezonini qanoatlantirmasa, u sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflangan sanadan boshlab retrospektiv tarzda ulush bo‘yicha hisobga olish usuli yordamida hisobga olinishi lozim. Sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflanishdan keyingi davrlardagi moliyaviy hisobotlar o‘z navbatida o‘zgartirilishi lozim. Shu tufayli, agarda investitsiya ob’ekti tomonidan oldin boshqa umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zarar tegishli aktivlar yoki majburiyatlar hisobdan chiqarilganida foyda yoki zarar tarkibida qayta tasniflanadigan bo‘lsa, tadbirkorlik sub’ekti oldin kapitalda aks ettirilgan foyda yoki zararni ulush bo‘yicha hisobga olish usuli to‘xtatilganida foyda yoki zarar tarkibiga o‘tkazadi (qayta tasniflash bo‘yicha tuzatish sifatida). Masalan, agarda qaram tadbirkorlik sub’ekti yoki qo‘shma korxona xorijdagi bo‘linmaga tegishli yig‘ilgan kurs farqlariga ega bo‘lsa va tadbirkorlik sub’ekti ulush bo‘yicha hisobga olish usulidan foydalanishni to‘xtatsa, tadbirkorlik sub’ekti xorijdagi bo‘linmaga nisbatan oldin boshqa umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararni foyda yoki zararga o‘tkazishi (qayta tasniflashi) lozim. Agarda qaram tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiya qo‘shma korxonadagi investitsiyaga o‘zgarsa yoki qo‘shma korxonadagi investitsiya qaram tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiyaga o‘zgarsa, tadbirkorlik sub’ekti ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llashni davom ettiradi va qoldiq ulushni qayta baholamaydi. Download 20.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling