Аудитни ҳужжатлаштириш (6-сонли афмс)


Egalik ulushidagi o’zgarishlar


Download 20.11 Kb.
bet4/5
Sana10.11.2023
Hajmi20.11 Kb.
#1763145
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro moliyaviy xisobodlar 8. Qaram va qo’shma korxonadagi investitsiyalar

Egalik ulushidagi o’zgarishlar


Agarda tadbirkorlik sub’ektining qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi egalik ulushi kamaysa, ammo tadbirkorlik sub’ekti ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llashni davom ettirsa, tadbirkorlik sub’ekti egalik ulushidagi ushbu kamayishga nisbatan oldin boshqa umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararning qismini foyda yoki zararga o‘tkazishi (qayta tasniflashi) lozim, xuddiki ushbu foyda yoki zarar tegishli aktivlar yoki majburiyatlarning chiqib ketishida foyda yoki zararga o‘tkazilishi (qayta tasniflanishi) talab etilganidek.

Ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llash amallari


Ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llash uchun o‘rinli bo‘lgan amallarning ko‘pchiligi MHXS 10 da izohlangan jamlash (konsolidatsiyalash) amallariga o‘xshashdir. Bundan tashqari, shu’ba tadbirkorlik sub’ektini sotib olishni hisobga olishda qo‘llaniladigan amallarni belgilaydigan tushunchalar qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi investitsiyani sotib olishni hisobga olishda ham qabul qilinadi.
Guruhning qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi ulushi bosh tashkilot va uning shu’ba tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ushbu qaram tadbirkorlik sub’ektidagi yoki qo‘shma korxonadagi egalik huquqlarining jamlanmasidir. Guruhning boshqa qaram tadbirkorlik sub’ektlardagi yoki qo‘shma korxonalardagi egalik huquqlari ushbu maqsadda inobatga olinmaydi. Qachonki qaram tadbirkorlik sub’ekti yoki qo‘shma korxona shu’ba tadbirkorlik sub’ektlarga, qaram tadbirkorlik sub’ektlarga yoki qo‘shma korxonalarga ega bo‘lsa, ulush bo‘yicha hisobga olish usulini qo‘llashda hisobga olinadigan foyda yoki zarar, boshqa umumlashgan daromad va sof aktivlar bo‘lib moliyaviy hisobotlarda bir xil hisob siyosatlari aks ettirilishi uchun zarur bo‘lgan har qanday tuzatishlar kiritilishidan keyin (35 va 36-bandlarga qarang)qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning moliyaviy hisobotlarida tan olingan foyda yoki zarar, boshqa umumlashgan daromad va sof aktivlari hisoblanadi (jumladan qaram tadbirkorlik sub’ektining yoki qo‘shma korxonaning uning qaram tadbirkorlik sub’ektlar yoki qo‘shma korxonalari foyda yoki zararidagi, boshqa umumlashgan daromadidagi va sof aktivlaridagi ulushi) .

Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling