Auditning asosiy komponentlari Ichki nazorat


Download 18.74 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.74 Kb.
#247737
Bog'liq
VVVVV



Auditning asosiy komponentlari



Ichki nazorat

Tashqi nazorat

Iqtisodiy tahlil

Ekspertiza






Inventa-rizatsiya

Konsal-ting



Xulosa va takliflar

Kasbiy xizmat-

lar



Tashqi nazorat –bu mustaqil auditorlik tashkilotlarining shartnoma asosida korxonalarda yuz bergan hodisa va jarayonlarni, ularning natijalarini qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mosligini tekshirish bo‘yicha olib borgan ish faoliyati.

Iqtisodiy tahlil – bu moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlari asosida korxonalarning moliyaviy –xo‘jalik faoliyati va uning natijalarini qo‘yilgan maqsad va talablarga ko‘ra dinamik va statik jihatdan izohlab berish bo‘yicha olib borilgan ish faoliyati.

Ekspertiza – tuzilgan buxgalteriya hisobi hujjatlarini, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlarni qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelish darajasiga baho berish bo‘yicha olib borilgan ish faoliyati.

Inventarizatsiya – bu korxona aktivlari va majburiyatlarining haqqoniy mavjud holatini aniqlash, ularni hisob ma’lumotlariga mos kelishligini belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ish faoliyati.

Xulosa va takliflar -bu tekshiruv natijalari bo‘yicha tekshiruvni belgilagan shaxslarga faoliyatni yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida fikr va mulohazalarni o‘zida mujassamlashtirgan maxsus rasmiy hujjatni tayyorlashga doir ish faoliyati.

Konsalting – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ularni qiziqtiruvchi turli bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha maslahatlarni berish borasida olib borilgan ish faoliyati. Auditorlik tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisoboti, moliya, soliq solish, biznes reja, menejment va boshqa sohalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tuzilgan shartnomalar asosidagi konsalting faoliyatini olib borishlari mumkin.

Kasbiy xizmatlar – bu auditorlik tashkilotlarining shartnomalar asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq deklaratsiyalarini tuzib berish, biznes rejani tuzish va boshqa kasb ishlarini bajarib berish borasidagi ish faoliyati.

Shunday qilib, yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqgan holda audit va auditorlik faoliyatlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin.



Audit - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlari nuqtai nazaridan qonunlar va va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini ichki va tashqi nazoratdan o‘tqazish, tahlil va ekspertiza qilish, shuningdek konsalting va boshqa turdagi kasbiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimi.

Auditorlik faoliyati –bu bu maxsus auditorlik tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga tadbirkorlik asosida ko‘rsatayotgan xizmatlarining majmuasi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning maxsus bo‘limlari yoki xodimlarining tasdiqlangan Nizomlarga ko‘ra yuritayotgan ish faoliyatidir.


Auditning ob’ektlari



Buxgalteriya hisobida aks etuvchi barcha ob’ektlar (jarayonlar, operatsiyalar, aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar, harajatlar, foyda va zararlar) va ular to‘g‘risidagi axbarotlarni tashuvchilar (boshlang‘ich hujjatlar, jurnal-orderlar, qaydnomalar, bosh kitob, mashinogrammalar, moliyaviy hisobotlar va ularga ilovalar)

Boshqaruv hujjatlari:

  • Biznes-reja

  • Ustav hujjatlari

  • Buyruqlar

  • Qarorlar

  • Bayonnomalar

  • Xatlar

  • Arizalar

Jismoniy shaxslar faoliyati:

  • Rahbarlar

  • Ma’sul xodimlar

  • Moddiy javobgar shaxslar

  • Ishchi va xizmatchilar


15-chizma. Auditning predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar
Audit fan sifatida «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Tarmoqlarda buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy tahlil», «Boshqaruv tahlili», «Moliya», «Soliq va soliq solish» va shu kabi korxonalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini turli jabxalarini o‘rganuvchi barcha boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu fanlar beruvchi iqtisodiy bilimlarsiz, bir tomondan, audit fanining mohiyatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan auditni amaliy faoliyat sifatida o‘tqazib bo‘lmaydi. Bilimdan auditor bo‘lish ushbu tizim xodimlaridan barcha iqtisodiy bilimlar sohalarini nazariy asoslarini, shuningdek amaliy ko‘nikmalarini chuqur bilishni ta’qazo etadi.
Download 18.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling