Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Audit va auditorlik faoliyatining mazmun- mohiyati


O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari


Download 38.78 Kb.
bet4/8
Sana15.06.2023
Hajmi38.78 Kb.
#1486677
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari.

O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo’lib, 29 moddadan iborat.


«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’onasiga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi Qaror qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Nizom» tasdiqlangan.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliya-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Qarorning 3-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi funktsiyalar yuklatilgan:
o’z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o’qitish dasturlarini va malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish va bekor qilish;
malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrini va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari
O‟zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me‟yoriy tartibga solish tizimi uch pog‟onaga bo‟linadi:
birinchi pog’onasida O‟zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‟g‟risidagi qonuni” turadi. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22
sentyabrdagi “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‟g‟risida”gi qarori ham 1-chi pog‟onaga kiradi. Shuningdek ushbu qarorga muvofiq ishlab chiqilgan “Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa organlar tomonilan hisobga olish tartibi to‟g‟risidagi Nizom”,”Majburiy auditorlik tekshiruvi o‟tkazishdan bo‟yin tovlaganligi uchun xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlardan jarima o‟ndirsh to‟g‟risidagi Nizom”va “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga lisenziya berish to‟g‟risidagi Nizom”lar ham kiradi.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‟g‟risida”gi qaroriga muvofiq, xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning faoliyatini oxirgi tekshirish bo‟yicha ijobiy auditorlik xulosasi mavjud bo‟lsa, soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan o‟tkazilgan tekshirish kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asos bo‟lib hisoblanadi. Ushbu qarorning 3-bandiga muvofiq Moliya vazirligi auditorlik faoliyatini lisenziyalash uchun maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan.
O‟zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me‟yoriy tartibga solish tizimining 2-chi pog’onasi o’z ichiga auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ( AFMS) va boshqa hujjatlarni,ya‟ni auditorlik tekshiruvi o‟tkazishga doir uslubiy ko‟rsatmalar, tavsiyanomalarni oladi.
O‟zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me‟yoriy tartibga solish tizimining 3-chi pog’onasi o‟z ichiga auditorlik tashkilotlarining doimiy hujjatlari to‟plami, auditorlik tekshiruvi o‟tkazish rejasi va dasturi,ekspertiza hujjatlari va boshqalarni oladi.
O,zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to,g,sida”gi Qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlarning mohiyati va ahamiyati
O‟zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‟g‟risidagi qonuni” O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qarori bilan qabul qilingan. va
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan.
Ushbu qonunda auditning mohiyati,turlari,predmeti,ob‟yektlari,auditorlar va auditorlik tashkilotlarining vazifalari,huquqlari, majburitlari va javobgarligi hamda xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning auditorlik tekshiruvi o‟tkazilayotgandagi huquq va majburiyatlari batafsil aks ettirilgan.Auditor va auditorlik tashkilotlari o‟z faoliyatini shu qonun talablari va qoidalariga amal qilgan holda olib borishlari shart. Ushbu qonun auditorlik tashkilotlari bilan auditorlik tekshiruvi o‟tkaziladigan xo‟jalik yurituvchi subyektlar o‟rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o‟ynaydi.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2000 yil 22 sentyabrda “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‟g‟risida” qaror qabul qildi. Bu qaror O‟zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‟g‟risidagi qonuni”ni amalga oshirish,auditorlik tekshiruvlarining roli va
maqomini oshirish ,soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalarini hisobga olishni taminlash maqsadida chiqarildi. “Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa organlar tomonidan hisobga olish tartibi to‟g‟risidagi
Nizom”,”Majburiy auditorlik tekshiruvi o‟tkazishdan bo‟yin tovlaganligi uchun
xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlardan jarima o‟ndirsh to‟g‟risidagi Nizom”va “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga lisenziya berish to‟g‟risidagi Nizom”lar kiradi.




  1. Download 38.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling