Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Audit va auditorlik faoliyatining mazmun- mohiyati


Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Audit va auditorlik faoliyatining mazmun- mohiyati


Download 38.78 Kb.
bet2/8
Sana15.06.2023
Hajmi38.78 Kb.
#1486677
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari.

Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Audit va auditorlik faoliyatining mazmun- mohiyati

Jamiyatning rivojlanib borishi bilan iqtisodiy munosabatlar ham rivojlanib borgan,natijada xo‟jaliklarda o‟z ixtiyorida bo‟lgan mulklardan ko‟proq foyda olish masalasi dolzarb muammoga aylanib borgan. Ushbu jarayon auditning kelib chiqishiga sababchi bo‟lgan. Audit tadbirkorlik faoliyatining ma‟lum bir turi sifatida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Auditning paydo bo‟lishi 1850 yillarga to‟g‟ri keladi, ya‟ni shu davrda Buyuk Britaniyada paydo bo‟lgan.Keyinchalik Amerika,Yevropa va Osiyoning qator mamlakatlarida rivoj topgan.Auditorlik faoliyati mamlakatimiz – O‟zbekistonda ham tashkil topgan va rivojlanib bormoqda. Biz bu yerda va kelgusi mavzularda ham O‟zbekistondagi audit va auditorlik faoliyati to‟g‟risida fikr yuritamiz.
Korxonalar faoliyatining asosiy mezoni bo’lib, mavjud mulklardan samarali foydalanish orqali ko‟proq daromad va foyda olish hisoblanadi. Bunday natijaga har qanday xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt mamlakatda qabul qilingan Qonunlar va qonunosti me‟yoriy hujjatlar talablariga to‟liq amal qilgan holda erishishi zarur. Xo‟jalikning faoliyatida sodir bo‟lgan operasiyalarning ushbu talablarga mos kelish-kelmasligini doimiy ravishda nazorat tekshiruvidan o‟tkazilib turilishi talab etiladi. Ushbu vazifa davlat nazorati, iqtisodiy nazorat, moliyaviy nazorat, bank nazorati, ichki va tashqi nazorat, hamda auditorlik nazorati orqali amalga oshiriladi. Ushbu nazorat turlari orasida auditorlik nazorati muhim o‟rinni egalaydi. Mazkur nazoratning mazmun - mohiyatini yoritish bizning ob‟yektimiz bo‟lib hisoblanadi.
Audit deganda nima tushiniladi?«Audit» so‟zining ma‟nosi adabiyotlarda turlicha talqin qilinib, kelingan. Ayrimlarida u lotin tilidan olingan bo‟lib, «U eshitadi»,
«Eshitaman» degan ma‟noni, boshqa birlarida esa ingliz tilidan olingan bo‟lib, «U yordam beradi», «Ko‟maklashadi» degan ma‟noni bildiradi, deb ko‟rsatilgan. Bulardan tashqari audit so‟zi «Tekshiradi», «Taftish qilish» degan ma‟noni bildiradi deb qayd qilingan fikrlar ham mavjud.
Ma‟lum ma‟noga ega bo‟lgan ushbu so‟zlar shaklan bir-biridan farq qilsa ham, ular mazmunan bir-biriga yaqin, bir-birini to‟ldiruvchi so‟zlardir. Faoliyat to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni eshitib, ko‟rib, tekshirishdan o‟tkazib, nuqson-kamchiliklarni aniqlab, ularni tugatish yo‟llarini ko‟rsatish orqali ko‟maklashish o‟ziga xos bo‟lgan audit faoliyati bo‟lib hisoblanadi.
Audit deganda korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy holatini va u bilan bog‟liq bo‟lgan moliyaviy axborotlarni tekshirish va iqtisodiy tahlil etish hamda ular asosida xulosa va tavsiyalar berish usuli tushuniladi.
Auditorlik faoliyati degan qanday faoliyat tushuniladi?Auditorlik faoliyatining mazmun mohiyati O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi Qarori bilan tasdiqlangan «O‟zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to‟g‟risida»gi Qonunda batafsil aks ettirilgan. Ushbu Qonunning 2-moddasida
auditorlik faoliyatiga quyidagicha ta‟rif berilgan: «Auditorlik faoliyati deganda
auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‟tkazish va boshqa shu bilan bog‟liq professional xizmatlar ko‟rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi». Ushbu ta‟rifdan ma‟lumki, auditorlik faoliyati auditorlik tekshiruvi bilan professional
xizmat ko‟rsatishlarni o‟z ichiga oladi. Auditorlik tekshiruvi tadbirkorlik faoliyati bo‟lib, moliyaviy hisobot va u bilan bog‟liq bo‟lgan moliyaviy axborotlarning qonun- qoidalariga mosligini tekshirib, xulosalar chiqarish hisoblanadi.



  1. Download 38.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling