Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Audit va auditorlik faoliyatining mazmun- mohiyati


Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin


Download 38.78 Kb.
bet6/8
Sana15.06.2023
Hajmi38.78 Kb.
#1486677
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditorlik tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari.

Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik faoliyati to’g’risidagi» Qonunning 8 moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 336 moddasiga muvofiq ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibati-da ham vujudga keladi. Unda ko’rsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o’zi javobgar bo’lgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin bo’lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni undirib olishga haqli.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya uni bergan davlat organi tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to’g’ri-sida ariza bilan murojat qilganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to’g’risidagi qarori noqonuniyligi aniqlanganda;
agar auditorlik tashkiloti unga litsenziya berish to’g’ri-sidagi qaror qabul qilingani haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy muddat ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo’lsa.



Download 38.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling