Auditning xalqaro standartlari va uning turlari Reja: Kirish
Auditning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan auditorlik xulosasining turlari va uni takomillashtirish
Download 109.17 Kb.
|
Auditning xalqaro standartlari va uning turlari
3.Auditning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan auditorlik xulosasining turlari va uni takomillashtirish.
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir: 1.Audit haqida shartnoma ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risidagi hisobo. 2.Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi. 700-sonli “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida”gi auditorlik xulosasi nomli XASga muvofiq auditorlik xulosasi tarkibi quyidagicha: a) nomi; b) adresat nomi; v) kirish qismi; g) tahlil qismi; d) yakuniy qism.17 Auditorlik xulosasi qisqa, bir necha satrdan iborat bo’ladi xolos. U auditorlik faoliyatida maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan axborot bo’lishi mumkin. Ammo, shuni inobatga olish kerakki, tekshiruv yakunidagi xulosa bir necha qatordan iborat bo’lsada, u o’ta ehtiyotkorlikni talab qiladi va sinchiklab, uzoq vaqt o’tkazilgan audit jarayonining yakunlanganini bildiradi. Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga bo’linadi. Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli 90 % xulosalar modifikatsiyalanmagan xulosalardir. Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan, degan xulosaga kelgan bo’lsa, modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi. Agar auditor: (a) olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib ko’rsatishlardan holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa; yoki (b) unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas, degan xulosaga kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni modifikatsiyalashi lozim. Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini o’z ichiga oladi. Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va masala qanday hal qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim. Agar moliyaviy hisobotlar muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan bo’lsa, auditor moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni qay darajada ta’minlashini baholashga majbur emas. Biroq, kamdan-kam uchraydigan vaziyatlarda, agar auditor mazkur moliyaviy hisobotlar yanglish tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur masala qanday hal etilishiga qarab, buni auditorlik hisoboti (xulosasi)da ko’rsatish kerakmi, agar ko’rsatish kerak bo’lsa, buni qay tarzda amalga oshirish zarur, degan savollarga javob berishi lozim. Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash zarurki, modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo’lgan vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim. Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos", "Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq bu band auditorning fikridan oldin joylashtiriladi. Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin:auditorlik tashkilotining fikri bo’yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga; auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo’lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga. Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga ta’sir etmasdan shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. Modifikatsiyalanmagan xulosaning oxirgi xatboshisi auditorlik xulosasi audit ekspertizasini o’tkazish natijalari bo’yicha tuzilganligini bildiradi. Bu band shunchalik muhimki, auditorlik xulosasi ko’pincha shu xatboshi nomi bilan “auditor fikri” deb ham ataladi. Fikrlar xatboshisi faqat tekshiruv natijasidagi faktni yoki kafolatning tasdig’i emas balki xulosalar professional mulohazalarga asoslanganligini ko’rsatadi. Modifikatsiyalanmagan xulosa. Avvalo modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasiga misol ko’raylik. Biz taklif qilingan AVS kompaniyaning buxgalteriya balansini 31 dekabr 20x3 holatiga ko’ra, shuningdek tugayotgan yil uchun foyda va zararlar, pul oqimlari haqidagi hisobot auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar uchun javobgarlik kompaniya raxbariyati zimmasida. Bizning majburiyatimiz biz tomonimizdan o’tkazilgan audit asosida ushbu moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi haqida fikr bildirishdir. Biz auditni Auditning xalqaro standartlariga mos holda o’tkazdik. Ushbu standartlar biz auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga ishonch hosil qiladigan darajada rejalashtirishni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit moliyaviy hisobotlardagi sonli ko’rsatkichlar va ochib berishlarni tasdiqlovchi dalilarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, foydalaniladigan buxgalteriya hisobi printsiplari va rahbariyat tomonidan qilingan muhim baholarni, shunindek, moliyaviy hisobotning umumiy ko’rinishini (tasavvur)ni baholashni ham o’z ichiga oladi. Biz umid qilamizki, biz tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv fikrlarimizni bildirish uchun etarlicha asos beradi. Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 dekabr 20x3 holati bo’yicha moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (yoki yuz berayotgan mamlakatda qo’llaniladigan moliyaviy hisobot qoidalariga mos keladi) mos holda ishonchli va xolis tasavvurlar beradi(yoki barcha muhim jihatlarda ishonli aks etadi). 705 sonli AXSda modifikatsiyalangan fikrning uch shakli, xususan, qo’shimcha izohlar bilan fikr, salbiy fikr va fikr bildirishdan bosh tortish belgilanadi. Vaziyatga mos keladigan modifikatsiyalangan fikr shaklini aniqlash quyidagilarga bog’liq bo’ladi: (a) Fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan masalaning xususiyatiga, ya’ni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bor-yo’qligiga yoki, etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin bo’lmagan holda, moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bo’lishi mumkinligi yoki mumkin emasligiga; va (b) Mazkur masalaning moliyaviy hisobotlarga ta’siri keng qamrovliligi yoki uning ta’sir ko’rsatish ehtimoli to’g’risida auditorning mulohazasiga.18 Auditorning maqsadi quyidagi hollarda talab etiladigan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalangan fikrni tegishli ravishda aniq ifodalashdan iborat: -Olingan auditorlik dalillari asosida auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud degan xulosaga kelgan bo’lsa; -Auditor unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas degan xulosaga kelish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa. Auditorlik fikrini modifikatsiyalash shaklini aniqlash qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirishda auditor quyidagi hollarda fikrni qo’shimcha izohlar bilan ifodalashi lozim: - Yetarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, auditor buzib ko’rsatishlar alohida-alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun muhim hisoblanadi, lekin ular keng qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa; - Auditor o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa. Auditorlik xulosasini rivojlantirish uchun uning soddaligini ta’minlash kerak, ya’ni har qanday odam uchun xulosani o’qib tushunish oson bo’lishi kerak. Xulosa Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi sharoitida, nazorat shakllarini hamda baholash usullari tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kabs etmoqda. Xususan, mustaqil va muqobil auditorlik faoliyati mexanizmini samarali shakllantirish hamda uni bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas qismi sifatida rivojlantirish zarurati yanada kuchaymoqda. Xalqaro differensiatsiyalashgan, ko'p tarmoqli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy nazoratning vazifalari kengayib boradi. Bunda Davlat nazorati, ya'ni barcha hokimiyat tuzilmalarining nazorat organlari faoliyatlari uyg'unlashtirilishi kerak. Shuningdek, mustaqil nazoratga ega bo'lgan audit tizimini ham rivojlantirish zarur. O'zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti talablaridagi soliq, byudjet, bank tizimi hamda bozorga xizmat qiluvchi infratuzilmalar faoliyati yo'lga qo'yilganligi xorijiy mamlakatlar sarmoyalarining kirib kelishiga zamin bo'lib, ko'plab yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga va ish joylari tashkil etilishiga asos bo'lmoqda. Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, moliyaviy nazorat tizimida auditning o'rni, auditor va mijoz o'rtasidagi o'zaro munosabatlar kengayib bormoqda. Iqtisodiyotni boshqarishdagi o'zgarishlar auditorlardan o'z malakalarini muntazam oshirib borishni talab qilmoqda, aks holda, auditor vazifalarini bajarishda tavakkalchilik darajasining yuqori bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, auditorlikda barcha hujjatlarga e’tibor qaratish lozim. Eng muhum jihatiga qaraydigan bo’lsak auditorlik xulosasi katta ahamiyat kasb etadi. Auditorlik xulosasi standartlarda berilgan normalar asosida amalga oshirilib bunda uning muhimliligini ko’rishimiz mumkun. Auditorlik hulosasi har tomonlama to’g’ri tuzilgan bo’lishi lozim bu ishning samarasiga kelgusida ta’sirini ko’rsatishi mumkun. Auditorlik xulosasida berilgan barcha ma’lumotlar to’g’ri va yangi berilganligi va xech qanday hatoliklarga yo’l qo’yilmaganligi kerak. Auditorlik natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish, hamda ularni tuzish tartibi muhim ahamiyat kasb etib, ular auditorlik tashkilotida ahamiyati katta. Bunda aytishimiz lozimki agar auditorlik xulosasida turli kamchilik va xatolarga yo’l qo’yilgan va uni to’g’irlash uchun qaytadan muhlat berilsa auditorlik tashkiloti to’g’risida yomon fikrlar paydo bo’lishi va qonuniy choralar ko’rilishi mumkun. Auditorlik xulosasining qandayligi muhum ahamiyat kasb etib, bu kelgusida muammolar kelib chiqishi yoki chiqmasligini taqozo qiladi. Ijobiy xulosa ish samaradorligining yaxshiligi va ishonchligidan dalolat beradi. Download 109.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling