Auditning xalqaro standartlari va uning turlari Reja: Kirish


jadval. Auditorlik xulosasi elementlari11


Download 109.17 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi109.17 Kb.
#1499596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Auditning xalqaro standartlari va uning turlari

jadval.

Auditorlik xulosasi elementlari11

Nom ("Auditorlik xulosasi" yoki "Auditorlik tashkilotining xulosasi": ikkala nom teng huquqli)

Adresatning nomi

Kirish qismi

Qayd etish qismi




Yakuniy qism

Auditorlik xulosasini berish
sanasi

Auditorlik tashkiloti manzili

Auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi

Auditorlik xulosasining kirish qismi auditorlik tashkilotining quyidagi rekvizitlarini aks ettiradi: auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlari; auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalik to'g'risidagi litsenziyaning raqami, berilgan sanasi va litsenziya bergan organning nomi; auditorlik tashkiloti davlat ro'yxatiga olingani to'g'risidagi guvohnoma raqami; auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti; auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar)ning, shuningdek, auditorlik tashkiloti rahbarining familyasi, ismi va otasining ismi.


Auditorlik xulosasining ta’kidlash qismida auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot qonun hujjatlariga, shuningdek, moliya-xo'jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga asoslanishini ko'rsatadi.

2.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.
Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasining tarkibiy tuzilmasi quyidagi qismlardan iborat12:
-auditorlik xulosasining nomi;
-adresati;
-kirish qismi;
-qayd etish qismi;
-yakuniy qismi;
-auditorlik xulosasini berish sanasi;
-auditor (auditorlar) va auditorlik tashkiloti rahbarining imzosi, auditorlik tashkilotining muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda).
Auditorlik xulosasining nomi, auditorlik tashkiloti tomonidan bildirilgan fikrdan kelib chiqib, quyidagilardan biri bo‘lishi lozim:
-ijobiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi;
-salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi;
-izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi;
-fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasi.
Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yo‘llangan bo‘lishi lozim va unda buyurtmachining rekvizitlari ko‘rsatilishi kerak.Auditorlik xulosasining kirish qismi quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:
-auditorlik tashkilotining rekvizitlari, agar mavjud bo‘lsa — elektron pochta manzili (e-mail);
-auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya raqami, berilgan sanasi va litsenziyani bergan organning nomi, litsenziya bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlarining turlari;
-auditorlik tashkilotining davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risidagi guvohnoma raqami;
-auditorlik tashkilotining hisob-kitob raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
-auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos, shuningdek auditorlik tekshiruvining shakli (majburiy yoki tashabbus);
-auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar)ning, shuningdek auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi, auditor malaka sertifikatlarining berilgan sanasi va raqami.
Kirish qismida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
-sanasi va hisobot davri ko‘rsatilgan holda tekshirilgan moliyaviy hisobotlar ro‘yxati;
-xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaganligi va uning haqqoniyligi, shuningdek ichki nazorat tizimi uchun javobgarligi.
Qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi:
-auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq o‘tkazilganligi;
-moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
Qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi davomida olingan dalillar fikrni ifodalash uchun yetarlicha asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig‘ini aks ettirishi kerak.
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan moliyaviy hisobot, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasi va moliyaviy holati to‘g‘risida haqqoniy tasavvur berish-bermasligi, hamda moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri aniq bayon etilishi kerak.Auditorlik tashkiloti fikrini o‘z ichiga oluvchi auditorlik xulosasining yakuniy qismi modifikatsiyalangan fikrning shaklidan kelib chiqib “Salbiy fikr bildirish”, “Izohlar bilan fikr bildirish”, “Fikr bildirishni rad etish” deb nomlanadi.
Auditorlik xulosasining maxsus qismida modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatiladi.Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism “Salbiy fikr bildirish uchun asos”, “Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Fikr bildirishni rad etish uchun asos” deb nomlanadi.
Agarda moliyaviy hisobotda qandaydir ko‘rsatkichlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda ushbu buzib ko‘rsatishning bayonini va tegishli ko‘rsatkichlarga ta’sirini keltirishi kerak. Agarda moliyaviy hisobotning tegishli ko‘rsatkichlariga buzib ko‘rsatishning ta’sirini yetarli ishonchlilik bilan baholash mumkin bo‘lmagan taqdirda, auditorlik tashkiloti buni maxsus qismda ko‘rsatib o‘tishi lozim.13
Agarda moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida taqdim etilgan axborot ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilgan taqdirda, auditorlik tashkiloti maxsus qismda bunday buzib ko‘rsatishning bayonini keltirishi kerak.Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasida modifikatsiyalangan fikrni bildirishni mo‘ljal qilayotgan taqdirda, u xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga ushbu holatga sabab bo‘lgan vaziyatlar to‘g‘risida, shuningdek modifikatsiyalangan fikr bildirishning mo‘ljallanayotgan mazmuni to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Auditorlik xulosasida mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikrni bildirishga sabab bo‘lgan vaziyatlar va modifikatsiyalangan fikr bildirishning taxminiy mazmuni to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga xabar berish quyidagi imkoniyatlarni beradi:auditorlik tashkilotiga modifikatsiyalangan fikr bildirishga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatida tushunish paydo bo‘lganligini yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining fikrlari bilan farqlanishlar mavjud ekanligini aniqlab olishga, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan, agar bunga joiz bo‘lsa, mo‘ljal qilinayotgan modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun olib kelgan vaziyatlar yuzasidan auditorlik tashkilotiga qo‘shimcha ma’lumotlar va tushuntirishlar taqdim etishga.
Agar auditorlik tashkiloti yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi uchun modifikatsiyalangan fikr bildirgan taqdirda, modifikatsiyalangan fikr sabablarini maxsus qismda ko‘rsatish kerak.
Auditorlik xulosasining tushuntirish qismida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin:auditorlik tashkilotining fikri bo‘yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga, auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga.
Auditorlik tashkiloti qayd etilgan vaziyatlar ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilmaganligiga yetarlicha auditorlik dalillari olgan taqdirdagina tushuntirish qismi auditorlik xulosasiga kiritiladi.
Moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarni ko‘rsatuvchi tushuntirish qismi quyidagilar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:hisobot sanasida yakunlanmagan va ular bo‘yicha qarorlar kelgusi hisobot davrlarida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan sudda ko‘rilayotgan ishlar yuzasidan noaniqliklar yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harakatlari bilan bog‘liq noaniqliklar, moliyaviy hisobotga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimidagi o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yoki ta’sir ko‘rsatib kelayotgan favqulotdagi voqealar.
Tushuntirish qismida auditorlik xulosasida, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti ishonchliligi to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotining fikri bayon etilgan yakuniy qismidan keyin joylashtirilishi lozim, foydalanuvchilar diqqatini jalb etadigan vaziyatlarga aniq izoh berilishi kerak va u moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga ushbu vaziyatlar bayonini moliyaviy hisobotda topish imkoniyatini yaratishi lozim.Tushuntirish qismi auditorlik tashkilotining fikriga ta’sir ko‘rsatmaydi.Tushuntirish qismi kiritilgan izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mazkur Standartning 6-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi tugagan sana bilan rasmiylashtirishi lozim. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini moliyaviy hisobot tuzilishi sanasidan oldin imzolashi mumkin emas.Auditorlik xulosasi auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Auditorlik xulosasi yozma ko‘rinishda tayyorlanishi kerak. Auditorlik xulosasiga unga nisbatan fikr bildirilgan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan sanasi ko‘rsatilgan va imzolangan moliyaviy hisobotning nusxasi ilova qilinadi.
Auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi o‘rtasidagi kelishuviga muvofiq belgilangan miqdordagi nusxada tayyorlanadi, bunda auditorlik tashkiloti va auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi moliyaviy hisobot nusxasi ilova qilingan auditorlik xulosasidan kamida bir nusxadan olishlari kerak. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobot bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin. Auditorlik tashkiloti auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarining nusxalarini, shu jumladan ushbu hujjatlarning elektron versiyalarini, kamida besh yil muddatda ishonchli saqlanishini ta’minlashi shart. Auditorlik tashkilotidan auditorlik hisobotlari va auditorlik xulosalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda faqat bunga vakolat berilgan organlar tomonidan olib qo‘yilishi mumkin.14
Audit xulosasini shakllantirish jarayoni asosan moliyaviy hisobot auditi va kompleks audit uchun bir xil bo’ladi. Biroq, kompleks auditda auditor moliyaviy hisobot ustidan ichki nazorat tizimining samaradorligi fikrini beradi va moliyaviy hisobotlar bo’yicha xulosa berishda qo’shimcha audit ishini amalga oshiradi. Xususan, mijozning balans sanasidagi ichki nazorat tizimida jiddiy xatolik mavjud bo’lganda auditorning amalga oshiradigan ishi ortadi.
Amaliyotda auditor xulosasi quyidagi to'rt xil ko'rinishda bo'lishimumkin:
1. Ijobiy xulosa. Ushbu ko'rinishdagi xulosa auditor tomonidan, tekshirilgan korxona moliyaviy hisobotlari to ‘liq BHMSga asosantuzilgan, ushbu standartlarni buzish hollari ro‘y bermagan, aktivlarva passivlar, daromad va xarajatlar to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilgan bo'lsatuziladi.
2. Shartli ijobiy xulosa. Bu turdagi xulosa, tekshirilgan korxonamoliyaviy hisobotlari, uning ba’zi bir elementlarini hisobga olmaganda, BHMSga asosan tuzilgan bo‘lsa beriladi. Ushbu vaziyatda, moliyaviyhisobtlarda BHMSning ba’zi standartlarini buzish hollari ro‘y bergan bo'ladi, ammo bu holat salbiy xulosa berish darajasida muhim hisoblanmaydi.
3. Salbiy xulosa. Korxona taqdim etgan moliyaviy hisobot BHMSstandartlarini to‘liq yoki asosan buzib tayyorlangan hollarda tekshiruv o‘tkazgan auditor tomonidan salbiy xulosa beriladi. Bu holatda moliyaviy hisobotlarda o‘ta muhim xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladiki, bu hisobotlardan foydalanish tashqi foydalanuvchilar uchun mutlaqo asossizhisoblanadi.
4. Xulosa berishdan bosh tortish. Yuqorida ta’kidlanganidek, auditormoliyaviy hisobotlar tekshiruvini shu hisobotlarga doir dalillami to‘plashasosida olib boradi.
Ushbu dalillar asosida u moliyaviy hisobotlaryuzasidan o‘z fikrini shakllantixadi. Ammo ba’zi hollarda tekshirilayotganmijoz qaysidir sabablaiga ko‘ra auditorga shu turdagi dalillami berishdanbosh tortishi, zaruriy hujjatlami to'liq bermasligi yoki mutlaqo yashirishimumkin. Bunday hollarda auditor moliyaviy hisobotlar yuzasidan o‘zfikrini berishdan bosh tortadi. Chunki fikr bildirish uchun asos yo‘q.Ammo bunday vaziyatda auditor o‘z fikrini bildira olmasligini, buningsabablarini ko‘rsatgan holda, yozma tarzda m a’lum qiladi. Bu ko‘rinishdagi yozma hujjat auditorning xulosa berishdan bosh tortishini ma’lum etishi kerak.




Download 109.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling