Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita kuzatishi va moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar eng ishonchli hisoblanadi. shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborotlarga ishlov berish tizimidan to’planganiga qaramasdan, to’plangan ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan axborotdan dalil sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |