Agar mijoz korxona auditorga to’laqonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi hujjatlarni taqdim qilmasa yoki auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin. №50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik tashkilotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan mavjud hujjatlar to’la hajmda taqdim etilmasa va u qaysidir schyot va (yoki) muomala bo’yicha yetarli auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risidagi masalani o’rtaga qo’yishi mumkin. Demak, yetishmayotgan auditorlik dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa, auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |