Auditorlik dalillari va auditorlik tanlash reja


Download 64.05 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi64.05 Kb.
#215403
  1   2   3
Bog'liq
audit

Auditorlik dalillari va auditorlik tanlash

REJA :

  • 1. Auditorlik dallilar tushunchasi.
  • 2. Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari.
  • 3. Auditorlik tanlash usullari.

1. Auditorlik dallilar tushunchasi.

  • Auditor tomonidan tekshiruvdan oldin, tekshiruv jarayonida va uning natijalariga koʻra tayyorlangan va toʻplangan barcha ma‘lumot auditorlik ma‘lumoti hisoblanadi. Ushbu ma‘lumotning bir qismi auditorlik dalillari tariqasida foydalanish uchun mumkin boʻlgan hujjatlar yoki ularning nusxalaridir. Shuningdek, auditor auditorlik xulosasiga asoslanadigan oqilona xulosalarni shakllantirish maqsadida yetarli boʻlgan tegishli auditorlik dalillarini olishi lozim.
  • Auditorlik dalil (isbot) lari - auditorlik xulosasini asoslashga xizmat qiladigan tekshiruv vaqtida auditor tomonidan toʻplangan ma‘lumot va natijalardir.
  • Auditorlik dalillari ishonchli va yetarli boʻlishi lozim. Dalilning ishonchliligi - qaysidir bir muammoni yyechish uchun uning muhimliligidir, yetarlilik esa - har bir aniq holatda, auditorlik tavakkalchiligi va ichki nazorat tizimini baholash asosida aniqlanadi. Qanday boʻlmasin, auditor haqqoniy va asoslangan xulosa tayyorlash uchun kerakli sifatdagi yetarli darajada dalillar toʻplaganligiga toʻliq ishonch hosil qilishi lozim.
  • ―Auditorlik dalillari‖- bu auditorlik xulosasi asoslanadigan va auditor tomonidan xulosani shakllantirish jarayonida olinadigan ma‘lumot. Auditorlik dalillari moliyaviy hisobot asosida yotadigan dastlabki hujjatlar va hisob yozuvlari hamda boshqa manbalardan olingan tasdiqlovchi hujjatlardan iborat.
  • Auditorlik dalillari toʻgʻrisida tushuncha, ularni olish amallari 50-son AFMS da belgilangan. Unga koʻra, ―Auditorlik dalillari - auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvi vaqtida yigilgan va auditorlik xulosasini asoslovchi ma‘lumot (axborot) lardir.
  • ―Auditorlik dalillarini olishda moliyaviy hisobotning asosi boʻlgan boshlangʻich hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari, shuningdek boshqa manbalardan olingan tasdiqlovchi ma‘lumotlardan foydalaniladi.
  • Agar bitta manbadan olingan auditorlik dalillari ketma-ketlikda boʻlmasa yoki turli manbalardan olingan auditorlik dalillari bir-biriga zid boʻlsa, auditorlik tashkiloti qoʻshimcha, aniq dalillar olish imkonini beruvchi amallarni bajarishi zarur.
  • Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot toʻgʻrisida fikr bildirish uchun yetarli dalillar ololmayotgan boʻlsa, u holda auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi lozim.

Download 64.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling