- 2. Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari
- Audit ish hujjatlarini tayyorlash tartibi 6-son AFMS50 da keltirilgan. Unga koʻra, ―Auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan audit majburiy hujjatlashtirish bilan birgalikda, ya‘ni mazkur audit standartiga muvofiq rasmiylashtirilgan auditning ish hujjatlaridagi olingan axborotning aks ettirilishi orqali olib borilishi lozim.
- Audit ish hujjatlariga quyidagilar kiradi:
- a) audit oʻtkazish reja va dasturlari;
- b) auditorlik tashkiloti tomonidan foydalanilgan jarayonlar va ularning natijalari bayoni;
- v) xoʻjalik yurituvchi subyektning tushuntirishlari, izohlari va arizalari;
- g) xoʻjalik yurituvchi subyekt hujjatlarining kd) xoʻjalik yurituvchi subyektni ichki nazorat qilish va buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining tavsifi;
- e) auditorlik tashkilotining tahliliy hujjatlari;
- j) boshqa hujjatlar. oʻchirma nusxalari, shu jumladan, fotonusxalari;
- Ish hujjatlari auditni oʻtkazayotgan auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilgan boʻlishi yoki audit oʻtkazilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzidan yoki boshqa shaxslardan olingan boʻlishi mumkin.
- Ish hujjatlarining shakli va mazmuni quyidagi omillarga bevosita bogʻliq: a) olib borilayotgan ishning shakli; b) auditorlik xulosasining shakli; v) xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati (biznesi) shakli va murakkabliligi; g) xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorati holati; d) alohida jarayonlarning bajarilishi chogʻidagi auditorlik tashkiloti xodimlari ishi ustidan rahbarlik va nazorat qilishning zarur darajasi; e) auditni oʻtkazish jarayonida oʻziga xos auditorlik usullari va texnologiyasi.
- Tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solib boruvchi hujjatlarda koʻzda tutilgan hujjatlar auditorlik tashkilotining ish hujjatlari tarkibiga majburiy tartibda kiritiladi.
- Ish hujjatlarining shakllari, agar Oʻzbekiston Respublikasidagi auditorlik faoliyatini tartibga solib turuvchi hujjatlar bunday shakllarni nazarda tutmagan boʻlsa, auditorlik tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi.
- Ish hujjatlari auditni oʻtkazayotgan auditorlik tashkilotlari mulki tarkibida saqlanadi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt hujjatlarining koʻchirma nusxalari, shu jumladan, fotonusxalari auditorlik tashkiloti ish hujjatlari tarkibiga ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektning roziligi bilan kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |