12. Дам олиш ва хордик чикариш хизматлари
Dam olishning 3 turi (kundalik, bir haftalik va yillik Dam olish) mavjud. Kundalik Dam olishga ish kuni davomida qisqa muddatli tanaffuslarda bajariladigan i. ch. gimnastikasi kiradi. Ovqatlanishga ajratilgan vaqtning bir qismini toza havoda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Kundalik Dam olish tiniqib uxlash bilan yakunlanadi. Haftada 5 kun ishlab 2 kun Dam olish sof havoda uzoqroq boʻlish, sport bilan shugʻullanish imkonini beradi. Yillik Dam olish taʼtil davomida taʼminlanadi. Yillik mehnat taʼtilida tabiat quchogʻida boʻlish, havo va quyosh vannalari organizmni chiniqtirishda nihoyatda foydali. Oqilona Dam olish tartibi koʻpgina omillar, xususan, mehnat sharoitlari, kishining yoshi va b.ga qarab tanlanadi
13. Ресторан ва овкатланиш хизматлари
Oxirgi 10 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori va o‘lchami sezilarli darajada o‘sdi. Bu borada shubxasiz AQShni liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o‘tkazmoqda. Ularning erishgan yutuqlari ko‘p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQShda turli mavsumlarda ishlaydigan va o‘qiydigan juda ko‘p xorij fuqarolari bilan bog‘liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va pitssa tarmoqlari tez o‘sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 40% dan ortiqrog’ini sandvichlar tashkil qiladi.
14. Болалар дам олиш масканлари бозори
Кундузги оромгоҳлар - умумтаълим мактаблари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари, спорт, ижтимоий хизмат кўрсатиш, санаторий-курорт муассасалари, клублар қошида вақтинчалик ташкил этилиб, унда болалар фақатгина кундуз куни дам олдирилади ва соғломлаштирилади.
Ушбу оромгоҳлар фаолияти таътил даврида болаларнинг кундуз куни дам олишларини таъминлаш ва соғломлаштириш оромгоҳлари жойлашуви, таъминоти ва кун тартибини ташкиллаштиришнинг гигиена талабларига мувофиқ юритилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |