Auditorlik faoliyati bo‘yicha qabul qilingan yangi qonunda kirirtilgan yangiliklar va afzalliklar


Download 38.7 Kb.
bet2/2
Sana08.11.2023
Hajmi38.7 Kb.
#1758254
1   2
Bog'liq
Auditorlik faoliyati bo‘yicha qabul qilingan yangi qonunda kirirtilgan yangiliklar va afzalliklar

auditorlik tashkiloti — auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va turdosh xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;

Auditorlik tashkilotlarining reyestri — auditorlik tashkilotlarining auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan ro‘yxati;
auditorlik faoliyati — auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati;
audit qo‘mitasi — xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bo‘lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o‘z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita;
renking — auditorlik tashkilotlarining faoliyatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan auditorlik tashkilotlarining tartibga solingan ro‘yxatlarini shakllantirish;
talabgor — malaka sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga da’vogar bo‘lgan jismoniy shaxs.
Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar yoritib berilgan.
Belgilanishicha, auditorlik faoliyati audit, sifat nazorati, tahliliy tekshiruvlar, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlar, turdosh хizmatlarning хalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi. Standartlar Xalqaro buхgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning хalqaro standartlari boʻyicha kengashi tomonidan e’lon qilinadi. 
Auditning хalqaro standartlarini Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun ularni tan olish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, MBning auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi. 
Shuningdek auditor malaka sertifikatini olish va uning amal qilish muddatini uzaytirishni tartibga soluvchi normalar belgilandi. 
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash talabi bekor qilindi. Auditorlik tashkiloti oʻzi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. U, avvalgidek, qonunchilikda nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno, tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Bunda majburiy tartibda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:

  • auditorlik tashkiloti oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan auditorlarning eng kam soni shtatdagi 4 nafar auditordan iborat boʻladi;

  • auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti oʻz faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablagʻlaridan shakllantiriladi;

  • ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli boʻlgan ulush kamida 51%ni tashkil etishi kerak (auditorlik tashkiloti – chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba хoʻjalik jamiyati tashkil etilgan hollar bundan mustasno);

  • auditorlik tashkilotiga faqat oʻzi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi boʻlgan auditor rahbar boʻlishi kerak. 

Ushbu talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran 5 kun muddatda vakolatli davlat organini bu haqda yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi va yuzaga kelgan nomuvofiqlikni koʻrsatib oʻtilgan sanadan e’tiboran 3 oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etishi yoхud auditorlik faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tekshiruvlari oʻtkazilishi taqiqlanadi.
Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazadigan tashkilotlar roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi. Endi hisobot yili yakunlariga koʻra quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlar, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 200 ming baravari miqdoridan ortiq, хodimlarining oʻrtacha yillik soni 100 nafardan ortiq boʻlsa, majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim.
Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganligi uchun javobgarlik choralari belgilandi.
Shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan turdosh хizmatlar roʻyхati belgilandi, ular jumlasiga quyidagilar kiritildi:
buхgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari boʻyicha maslahat berish;
yuridik shaхsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;
auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud boʻlganda yoхud shartnoma asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qoʻllash, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish va boshqalar.
Belgilanishicha, auditorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha faqat auditorlik хulosasi beriladi. 
Auditorlar va auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritish tartibi belgilandi. 
Quyidagilar joriy etildi:
auditorlik ishi sifatining ichki nazorati – auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan, uning auditorlari va хodimlari tomonidan Qonun talablariga rioya etilishini ta’minlovchi tartib-taomillarga asoslangan tashkiliy chora-tadbirlar tizimi. Ushbu nazorat auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik faoliyati standartlariga binoan amalga oshiriladi va auditorlik хizmatlari koʻrsatish chogʻidagi majburiy shart hisoblanadi.
auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati – vakolatli davlat organi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda amalga oshiradigan, auditorlik tashkilotlari tomonidan Qonun talablarini va auditorlik faoliyati standartlarini buzishlarni aniqlashga hamda kelgusida ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
Auditorlik tashkiloti:
-ushbu Qonun, auditorlik faoliyatining standartlari va Professional buxgalterning odob-axloqi kodeksi talablariga rioya etishi;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
- auditorlarga (auditorga) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) tegishli ulush kamida ellik bir foiz bo‘lishini ta’minlashi (bundan auditorlik tashkilotini — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba xo‘jalik jamiyatini tashkil etish hollari mustasno);
- shtatida asosiy ish joyi auditorlik tashkiloti bo‘lgan kamida to‘rt nafar auditor mavjud bo‘lishini ta’minlashi;
- auditorlarning yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi;
- auditorlik faoliyatini faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi;
- auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida mustaqillikni ta’minlashi;
- auditorlik xizmatlari buyurtmachisining talabiga ko‘ra auditor (auditorlar) sertifikatini, auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisini ko‘rsatishi;
- auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir auditning xalqaro standartlari talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlariga asos bo‘lgan qonunchilik hujjatlari normalari haqidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan taqdim etishi;
- auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
- auditorlik tekshiruvi natijalarini auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq rasmiylashtirishi va auditorlik xulosalarining nusxalarini auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi;
- o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda o‘z rasmiy veb-saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi;
- auditorlik tashkilotlari renkingini o‘tkazish uchun axborot taqdim etishi;
- buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to‘g‘risida yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniq tasdiqlovchi faktlar haqida xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatini va korporativ boshqaruv uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni, audit qo‘mitasini yozma shaklda xabardor qilishi;
- auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini o‘rnatishi va unga rioya etishi;
- auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazishga monelik qilmasligi;
- o‘z pochta manzili va elektron manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida, auditorlik tashkilotining rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi o‘zgarganligi haqida vakolatli davlat organini besh kunlik muddatda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
- o‘z veb-saytini yuritishi va uni faol holatda saqlab turishi;
- har yili 20-yanvarga qadar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.
Auditorlik tashkilotining zimmasida qonunchilikka va auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
30-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida ularga moliyaviy hisobotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risidagi noto‘g‘ri yakunni o‘z ichiga olgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun auditorlik tashkiloti rahbari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ma’lumotlari Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilmagan tashkilot tomonidan auditorlik tekshiruvini o‘tkazganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar


https://ibac.uz/uz/media-center/normativ-huquqiy-baza/56.htm
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/auditorlik_faoliyati_tugrisidagi_qonunning_yangi_tahriri_qabul_qilindi
https://www.gazeta.uz/oz/2021/02/26/auditor/
https://ibac.uz/uz/media-center/normativ-huquqiy-baza/56.htm
Download 38.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling