Auditorlik faoliyati to‘G‘risida


-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish


Download 163.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana20.05.2020
Hajmi163.27 Kb.
#108131
1   2   3
Bog'liq
78-II-сон 26.05.2000


23-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish

Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:

auditorlik  tashkiloti  litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  to‘g‘risida  ariza  bilan

murojaat qilganda;

auditorlik tashkiloti tugatilganda;

Oldingi tahrirga qarang.

qayta  tashkil  etilishi  natijasida  auditorlik  tashkilotining  faoliyati  tugatilganda,  bundan

uning  o‘zgartirilishi,  shuningdek  yangidan  vujudga  kelgan  auditorlik  tashkilotini  davlat

ro‘yxatidan  o‘tkazish  sanasida  qayta  tashkil  etilayotgan  auditorlik  tashkilotlarida  litsenziya

mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;

(23-moddaning  birinchi  qismi  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  18-

apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)

auditorlik  tashkiloti  litsenziya  talablari  va  shartlarini  muntazam  ravishda  yoki  bir

marotaba qo‘pol ravishda buzganda;

auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni

maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;

maxsus  vakolatli  davlat  organining  litsenziya  berish  to‘g‘risidagi  qarori  qonunga  xilof

ekanligi aniqlanganda.

Ushbu modda birinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda

tutilgan  hollarda  litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  sud  qaroriga,  boshqa  hollarda  esa

maxsus vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Maxsus  vakolatli  davlat  organining  litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  to‘g‘risidagi

qarori  auditorlik  tashkilotiga  yozma  shaklda,  qaror  qabul  qilingan  kundan  e’tiboran  uch

kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori

auditorlik  tashkilotiga  va  maxsus  vakolatli  davlat  organiga  qonun  hujjatlarida  belgilangan

muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi

qarorni  olgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kun  ichida  litsenziya  maxsus  vakolatli  davlat  organiga

qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.

Litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  to‘g‘risidagi  ma’lumot  ommaviy  axborot

vositalarida e’lon qilinishi kerak.

Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan

sanadan e’tiboran tugatiladi.

(23-moddaning  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2006-yil  10-oktabrdagi  O‘RQ-59-sonli  Qonuni

tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

24-modda. Litsenziyani bekor qilish

Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;

litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

agar  auditorlik  tashkiloti  litsenziya  berish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilinganligi  haqida

xabarnoma  yuborilgan  (topshirilgan)  paytdan  e’tiboran  uch  oy  ichida  maxsus  vakolatli  davlat



organiga  litsenziya  berganlik  uchun  davlat  boji  to‘langanligini  tasdiqlovchi  hujjatni  taqdim

etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa.

Ushbu  modda  birinchi  qismining  uchinchi  xatboshisida  nazarda  tutilgan  holda

litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organining

qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Maxsus  vakolatli  davlat  organining  litsenziyani  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  qarori

auditorlik  tashkilotiga  yozma  shaklda,  qaror  qabul  qilingan  kundan  e’tiboran  uch  kundan

kechiktirmay  yetkaziladi.  Litsenziyani  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  sud  qarori  auditorlik

tashkilotiga  va  maxsus  vakolatli  davlat  organiga  qonun  hujjatlarida  belgilangan  muddatlarda

yetkaziladi.  Auditorlik  tashkiloti  litsenziyani  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  qarorni  olgan  kundan

e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi

kerak.


Litsenziyani  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ma’lumot  ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon

qilinishi kerak.

Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan

sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.

Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan

sudga  shikoyat  qilinishi  mumkin.  Sud  litsenziyani  bekor  qilishni  asossiz  deb  topgan  taqdirda,

maxsus  vakolatli  davlat  organi  auditorlik  tashkiloti  oldida  unga  yetkazilgan  zarar  miqdorida

javobgar bo‘ladi



(24-moddaning  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2006-yil  10-oktabrdagi  O‘RQ-59-sonli  Qonuni

tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)

25-modda. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish

Auditor  malaka  sertifikatining  amal  qilishini  tugatish  uchun  quyidagilar  asos

hisoblanadi:

auditorning arizasi;

auditorlik  tekshiruvi  davomida  auditor  olingan  ma’lumotlarni  auditorlik  tekshiruvi

buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan

hollar bundan mustasno;

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirayotganda  qonun  hujjatlari  talablarini  muntazam

yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;

(25-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2002-yil  13-dekabrdagi  447-II-son

Qonuniga  muvofiq  to‘rtinchi  xatboshi  bilan  to‘ldirilgan  —  Oliy  Majlis  Axborotnomasi,  2003-y.,  1-son,  8-

modda)

auditorlik  tekshiruvi  o‘tkazishda  aniqlangan,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning

buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan

talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;



 LexUZ sharhi

Auditorning  auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazish  chog‘ida  o‘zi  aniqlagan  buxgalteriya  hisobini

yuritishga,  shuningdek  moliyaviy  hisobot  tuzishga  doir  qonun  hujjatlarida  belgilangan  talablar

buzilganligi  hollarini  yashirishi,  xuddi  shuningdek  auditorning  bila  turib  soxta  auditorlik  hisobotini  yoki

auditorlik xulosasini tuzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 179-

moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun ham asos bo‘ladi.

auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;

auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur shaxs ushbu

hujjatni  auditorlik  faoliyatida  ishtirok  etish  uchun  o‘z  nomidan  foydalanish  maqsadida

ishlatganlik faktining aniqlanganligi;

sudning  muayyan  lavozimlarni  egallash  yoki  moliya-xo‘jalik  munosabatlari  sohasida

muayyan  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqidan  mahrum  qilish  tariqasidagi  jazoni  nazarda

tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;



fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan

deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.



Oldingi tahrirga qarang.

Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan

sanadan e’tiboran tugatiladi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan

mustasno.



(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Auditorlik  tashkiloti  litsenziyasining  amal  qilishini  tugatishga  sabab  bo‘lgan

qoidabuzarliklarga  yo‘l  qo‘ygan  auditorlik  tashkiloti  rahbarining,  shuningdek  auditorning

malaka  sertifikati  amal  qilishi  litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  to‘g‘risida  qaror  qabul

qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.

(25-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  17-sentabrdagi  O‘RQ-110-sonli  Qonuni  asosida

uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)

Maxsus  vakolatli  davlat  organining  auditor  malaka  sertifikatining  amal  qilishini

tugatish  to‘g‘risidagi  qarori  ustidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  sudga  shikoyat

qilinishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu  modda  birinchi  qismining  uchinchi  —  beshinchi  va  yettinchi  xatboshilarida

nazarda  tutilgan  asoslarga  ko‘ra  malaka  sertifikatining  amal  qilishi  tugatilgan  shaxs  auditor

malaka sertifikati amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch

yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli

emas.


(25-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  17-sentabrdagi  O‘RQ-110-sonli  Qonuni  asosida

beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)

26-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish

Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:

maxsus  vakolatli  davlat  organining  auditorga  malaka  sertifikatini  berish  to‘g‘risidagi

qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;

sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganida.

Malaka  sertifikatini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  qaror  auditor  malaka  ceptifikati  berilgan

sanadan e’tiboran amal qiladi.

Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi

qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra

malaka  sertifikati  bekor  qilingan  shaxs  auditor  malaka  sertifikatini  bekor  qilish  to‘g‘risida

qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi

ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.

(26-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  17-sentabrdagi  O‘RQ-110-sonli  Qonuni  asosida

to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)

27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi

Auditorlarning  respublika  jamoat  birlashmasi  auditorlarning  ixtiyoriy  asoslarda

birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.

Auditorlarning  respublika  jamoat  birlashmasi  auditorlarning  malaka  darajasini

rivojlantirishga  va  saqlab  turishga,  ularning  kasbiy  manfaatlari  himoyalanishiga

ko‘maklashishga da’vat etilgandir.

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi:

Oldingi tahrirga qarang.


auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish huquqiga doir

malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;



(27-modda  uchinchi  qismining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2002-yil  13-

dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini o‘tkazishda;



Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar

tayyorlashda;

(27-moddaning  uchinchi  qismi  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-

apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil qilishda ishtirok

etadi.

(27-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

28-modda. Nizolarni hal etish

Auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirishda  yuzaga  keladigan  nizolar  qonun  hujjatlarida

belgilangan tartibda hal etiladi.

29-modda.  Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun

javobgarlik

Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarining  buzilishida  aybdor  shaxslar



belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda; 2003-y., 1-son, 8-

modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 41-son, 405-modda;

2007-y., 37-38-son, 378-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-

modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy

bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 163.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling