Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va


O’zbekiston Auditorlar Palatasi a’zoligi


Download 57.79 Kb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.79 Kb.
#1014303
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3- mavzu Audit

O’zbekiston Auditorlar Palatasi a’zoligi:


O’AP a’zoligi 4 shaklga ko’ra farqlanadi:
Faxriy a’zolik – auditorlik faoliyati rivojiga yuqori hissa qo’shgan professional auditorlar hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasida ilmiy darajaga ega bo’lgan oliy o’quv muassasalari o’qituvchilari.
Haqiqiy a’zolik – O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi, buxgalteriya hisobi va audit sohasida 5 yildan kam bo’lmagan amaliy tajribaga ega, barcha xalqaro buxgalter malaka imtihonlarini topshirgan professional auditorlar.
Uyushgan a’zolik professional auditorlik tashkilotlari.
A’zolikka nomzodlar - O’AP Ustavini tan olgan va Auditor Ahloq Kodeksiga amal qiluvchi professional auditor va buxgalterlar.

O’zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi (O’zBAMA)


O’zBAMA sertifikatlangan buxgalter va auditorlarni ixtiyoriylik asosda birlashtirgan jamoat tashkiloti hisoblanadi. O’zBAMAning maqsadi professional buxgalter va auditorlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga ko’maklashish, ta’lim dasturlari va kurslarini o’tkazish yo’li bilan malakasini oshirish, assotsiatsiya a’zolari maqomini xalqaro darajaga etkazish maqsadida maslahat xizmatlarini ko’rsatish hisoblanadi.

Asosiy vazifalari


  • O’zbekiston Respublikasida buxgalter va auditor kasbining rivojlanishi va ularning malakasini Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning a’zoligi mezonlariga javob beradigan xalqaro standartlarga yaqinlashtirish;

  • O’zbekistonda bozor islohotlarini o’tkazishda faol qatnashish;

  • buxgalteriya hisobi va audit sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish va ularni takomillashtirish uchun takliflar taqdim etish;

  • Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC) talablariga muvofiq sertifikat olish uchun malaka imtihonlarini o’tkazish, buxgalter va auditorlarga qo’yilgan malakaviy talablarni ishlab chiqish;

  • Sertifikatlangan buxgalter va auditorlar Ahloq Kodeksiga rioya qilinishi ustidan nazorat;

  • Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;

  • Buxgalter va auditorlarga professional huquqlarini himoya qilish maqsadida uslubiy, maslahat va axborot yordamini ko’rsatishga ko’maklashish;

  • Xalqaro maqomga ega bo’lish maqsadida buxgalter va auditorlarning xalqaro professional tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish.




Download 57.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling