Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP)
Download 57.79 Kb.
|
3- mavzu Audit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vazifalari
- Tashkiliy tuzilishi
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP)O’zbekiston Auditorlar Palatasi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, mustaqil sertifikatlangan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradi. O’APning maqsadi auditorlarning professional darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, davlat va jamoat organlarida o’z a’zolarining qonuniy huquq va professional manfaatlarini himoya qilish, axborot aloqalarini ushlab turish, professional sohada sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar haqidagi barcha zaruriy axborotlar bilan ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Asosiy vazifalari:Palata a’zolarining nomoddiy manfaatlari va madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish; auditorlik xizmatlari bozorini institutsional, me’yoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish masalalarida auditorlik tashkilotlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish; audit sifati standartlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, auditorlik xizmatlari bozorining shaffofligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni tashkil etish, halol raqobatni rivojlantirish; Palata a’zolarini audit sifati standartlari va Ahloq Kodeksini so’zsiz bajarish bo’yicha ishlarni tashkil etish; auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlari topshirish, o’qitish va o’tkazish tartibi, dasturlari, uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish; auditorlar va buxgalterlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tarmog’ini yaratish, Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi (IFAC) talablariga muvofiq auditor va buxgalter xodimlarini professional darajasini oshirishga ko’maklashish; buxgalter va auditor kasbining jozibadorligini oshirish, buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika va xalqaro konkurs, simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish; Tashkiliy tuzilishi:O’zbekiston Auditorlar Palatasi 2000 yil avgustda tashkil etilgan. Bugungi kungacha O’AP Respublikaning 8ta hududida o’z faoliyatini kengaytirdi. O’AP qoshida ahloq, metodologiya, a’zolik, tashqi sifat nazorati qo’mitalari tashkil etildi va faoliyat ko’rsatmoqda. O’AP Evrosiyo sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlar kengashi(«ESBAK»)ning doimiy a’zosi hisoblanadi va Markaziy Osiyo respublikalarining boshqa jamoat tashkilotlari bilan doimiy hamkorlik qiladi. Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning 2013 yil 14 noyabrda Seul(Janubiy Koreya)da bo’lib o’tgan Kengashi yig’ilishida O’AP Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning uyushgan a’zosi bo’ldi. Download 57.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling