Auditorlik hisoboti
Tavsiya qilinadi: BXMS-5, BXMS-4 bo‘yicha xisobot yuritish tavfsiya qilinadi
Download 310.8 Kb.
|
3xisobot
Tavsiya qilinadi: BXMS-5, BXMS-4 bo‘yicha xisobot yuritish tavfsiya qilinadi.
Yo`lovchi vagonlarini texnik, texnologik tayyorlash va ta`mirlash filialining naqd pul mablag‘larini, kassa hisoboti va boshqa g‘azna hujjatlari saqlashga alohida xona ajratilgan bo`lib, g`aznachi uchun shart-sharoitlar yaratilgan. G`azna kirimi va chiqim xujjatlari tog`ri rasmiylashtirilgan. G`azna xujjatlari tegishli xodimlar tomonidan imzolangan. G`aznada xech qanday qoldiq mavjud emas. Yo`lovchi vagonlarini texnik, texnologik tayyorlash va ta`mirlash filialining ishonchnomalarni qayd qilish kitobi yuritilmagan bo‘lib, ishonchnoma varaqchalarini ro`yxatga olish orqali amalga oshirilgan. Ishonchnomalar berilishi javobgar shaxslar tomonidan imzolanmagan va ishonchnomalar yopilishi ham muddatidan kechiktirilib yuborilgan. Filialning javobgar hisobchilari tomonidan nazoratga olinmaganligi material kirimi o`z vaqtida rasmiylashtirilmasligiga va debitor qarzdorliklar vujudga kelishiga olib kelgan. Ishonchnomalar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14-avgustdagi 489-sonli qaroriga asosan elektron tarzda yuborilmoqda. Yo`lovchi vagonlarini texnik, texnologik tayyorlash va ta`mirlash filialining 01.09.2021 yil holatiga jami 352 766 ming so`m debitor qarzdorligi, 1 400 811 ming so`m kreditorlik qarzi mavjud. Debitor qarzdorliklarning asosiy qismi davlat xaridlari portalining elektron hisobiga bo`nak sifatida o`tqazib berilgan mablag`1ar hisobiga to`g`ri kelmoqda. Kreditor qarzdorliklarning asosiy qismi “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tasarrufidagi tashkilotlarga to`g`ri kelmoqda. Shu jumladan: Xarbiylashtirilgan qo`riqlash boshqarmasi - 558 849 ming so`m. Toshkent elektrostansiya ECH-1 - 33 562 ming so`m. Toshkent epidiomologik markazi - 187 478 ming so`m. Filialda materiallar hisobi yuritilishi 1C dasturida tashkil etilgan bo`lib, omborxonalar bilan oylik hisobotlar o`z vaqtida yuritilmagan, moddiy-javobgar shaxslardan hisobotlar talab qilinmagan. Oyma-oy material qoldiq hisobotlari tasdiqlanmagan. Materiallar qoldig`i 31.08.2021 yil 15 972 344 ming so`mni tashkil etmoqda. Ushbu qoldiqning 30.6% yani 4 888 022 ming so`mini 3 yildan ko`p muddatda, 21.27% yani 3 398 094 ming so`mini 2 yildan ko`p muddatda, 10.44% yani 1 667 796 ming so`mini 1 yildan ko`p muddatda omborxonalarda saqlanayotgani ma`lum bo`ldi. Ushbu materiallardan foydalanishda oldingi davrda kirib kelgan zaxiradan foydalanish tavsiya etiladi. Filial mustaqil balansga ega emas va faqat quyidagi soliqlarni hisob, to`lovlarni amalga oshiradi. Yer solig`i Mol-mulk solig`i Suv solig`i Ishchi xodimlar daromad soligi` Yagona ijtimoiy to`lovi Jamg`arib boriladigan pensiya to`lovi Ushbu soliqlar 2021 yil uchun soliq davri boshidan boshlab 29.09.2021yil holatiga 6 020 923 ming so`m hisoblangan va to`langan. Shu jumladan: Yer solig`i 634 406 ming so`m. Mol-mulk solig`I 335 133 ming so`m. Suv solig`I 49 589 ming so`m. Ishchi xodimlar daromad soligi` 2 440 358 ming so`m. Yagona ijtimoiy to`lovi 2 422 600 ming so`m. Soliqlarni kechikib to`lashdan hisoblangan jarima va sanktsiyalar 24 657 ming so`mni tashkil etib shundan 5 538 ming so`mi to`langan. Buxgalteriya hisobi filialda 1С dasturida tuzilgan moliyaviy hisobotlar ishonarli tarzda aks ettirilgan. Ushbu hisobotda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bizga taqdim etilgan xujjatlar asosida tayyorlangan, auditorlik tekshiruvi davomida korxona raxbariyatiga mavjud hisobchilar malakasini oshirish, hozirgi zamon yangi texnologiyalari ishlab chiqarishga joriy etish ya’ni buxgalteriya xisobotlarini kompyuterlashtirish, yangi chiqayotgan normativ, me’yoriy xujjatlar bilan tanishib borish uchun davriy nashrlarga obuna bo‘lish, buxgalteriya xisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan “Buxgalteriya hisobi milliy andozalari” talablari asosida takomillashtirish tavsiya etiladi. Download 310.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling