Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Reja: Kirish


Download 133.18 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1537454
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Xamroyev


Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash
Reja:
Kirish

  1. Auditning mohiyati va uning rivojlanish bosqichlari.

  2. Auditorlik riski tushunchasi va uning paydo bo’lishi.

  3. Auditorlik risklar maqbul to’plamining elementlari va ularni baholash.

  4. Auditorlik riskini baholashdagi muammolarni bartaraf etish yo’llari.

Xulosa
Fоуdаlаnilgаn аdаbiуоtlаr rо’ухаti

Kirish
Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan vaqtda mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar jumladan iqtisodiyotni modernizatsiyalsh va mahalliylashtirish kichik biznes subyektlariga keng yo‘l ochish va tadbirkorlikni qo‘llab - quvvatlash kabi etakchi loyihalarni amalga oshirish va uni iqtisodiyotga tatbiq etish muhim hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek: “xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish”1 lozimligi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham alohida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan auditorlarlik faoliyati iqtisodiy islohotlar uchun muhimdir. Ularning faoliyati mamlakatda bozor infrastrukturalarini rivojlantirishga va mustahkamlashga, raqobat sharoitida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishga, O‘zbekistonimizning ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy salohiyatini oshirishga, umuman mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirishga ko‘maklashmog‘i lozim. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida turli mulk shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni ko‘payib bormoqda. Bular iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni talab qilmoqda.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlar talablaridan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy, huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi ekanligi ko‘zga tashlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir.
Bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita qonuniy-me'yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog‘liq. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda qonuniy-me'yoriy asoslarga muhim e'tibor qaratish lozim.
Hozirgi paytda auditorlarga ish natijalari buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan turli iqtisodiy subyektlarni faoliyatini baholash usullariga yangicha, zamonaviy yondashuvlar juda zarur. Demak, ushbu ilmiy-amaliy muammolar yuzasidan auditorlik faoliyatining sifatini yaxshilash, uni tashkil etish va har tomonlama ta’minlash borasida qat’iy burilish yasash zarur.



  1. Download 133.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling