Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Reja: Kirish


-chizma. Auditning paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan omillar.2


Download 133.18 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1537454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Auditorlik riski, uning elementlari va ularni baholash Xamroyev

1-chizma. Auditning paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan omillar.2
Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko‘p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo‘lsa, AQSHda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o‘z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qo‘shimcha ishlar Nizomi»dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi 29 ishdan iborat bo‘lib, unga yana 4 ta qo‘shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan. Tashqi audit bilan birga ko‘pchilik korxonalarda ichki audit yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko‘rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.
Tashqi auditorlar kompaniya a’zolarining bir qismi emas. Ammo kompaniya raislari (korporativ kengashi a’zolari) auditor faoliyati kompaniyaga samara keltirishidan manfaatdordirlar. Xech bir rahbar moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq muammoni xush ko‘rmaydi. Auditorlar va menejerlar o‘rtasida aloqalar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, auditorlar bu aloqalarga e’tibor berib, xolisona va professional darajada yondashishlari lozim. Raislar kuchli auditorlarga muhtoj‚ chunki ular kerak bo‘lganda Audit qo‘mitasi bilan bog‘liq masalalarni yecha oladi. Malakasiz auditorlar raislarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan qutqara olmaydi.
Auditor axborot texnologiyalarini ishlatilishi yuqori pallaga chiqqan bir paytda katta tarjibaga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek u mijozni moliyaviy hisobot xolisona va to‘g‘ri ekanligiga ishontirishda mazkur tajribaning roli kattadir. Audit sohasida yuzaga kelayotgan sharoitlar auditorlardan yangi malakaga ega bo‘lishni talab qiladi. Auditorlar har bir ishga tanqidiy yondashib, dalillarni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Kelajakda ham bugungidek yillik hisobot, moliyaviy hisobot, ularga izohlar, auditorlik hisoboti va xulosasi talab qilinadi. Bunga qo‘shimcha ravishda boshqaruv hisoboti, direktorlarning korporativ boshqaruvi to‘g‘risidagi hisoboti (shu jumladan ichki nazorat tizimining samaradorligi, korxona faoliyati va ustavga rioya qilinishi hisoboti) talab qilinadi. Bundan tashqari, tevarak-atrof muhofazasiga qaratilgan choratadbirlar hisoboti ham kerak bo‘ladi. Mazkur ma’lumotlar korporativ boshqaruvi bilan bog‘liq muammolar, buxgalteriya ishlari bilan bog‘liq mоjаrolar bilan bog‘lanib ketmoqda.
Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o‘rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transmilliy firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jahonda etakchi o‘rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati)/dagi umumiy audit bo‘limiga yuklangan. Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo‘jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish zarurati bilan to‘qnashadilar.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, “Auditor” lotinchadan “eshituvchi” degan tushuncha ham shundan kelib chiqqan. Demak/, “Audit” tushunchasi lotincha bo‘lib, “auditing” - aynan tarjimasi “u eshitayapti”, “eshituvchi” degan ma’nolarni bildiradi. Amir Temur tuzuklarida ham hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo‘lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.



  1. Download 133.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling