Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga


Auditni dastlabki rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?


Download 61.83 Kb.
bet4/28
Sana09.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1471956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
zarnigor auditi

5.Auditni dastlabki rejalashtirish qanday amalga oshiriladi? Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart: - Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, mamlakat (mintaqa) bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar; - Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog‘langan ichki omillar; Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak: a) xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliyboshqaruv tuzilishi; b) ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi; v) kapital tarkibi va aksiyalar kursi (xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalari kotirovka qilinishi kerak bo‘lgan holda); g) mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari; d) rentabellik darajasi; e) xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari; j) tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi; z) shu’ba va tobe tashkilotlar mavjudligi; i) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi; k) xodimlar mehnatiga haq to‘lashni shakllantirish prinsiplari. Auditor uchun quyidagilar xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida axborot olish uchun manba hisoblanishi kerak: - Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustavi; - Xo‘jalik yurituvchi subyektni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlar; - Xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari majlislari, aksiyadorlar yig‘ilishlarining yoxud boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari. - Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga o‘zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar; - Buxgalteriya hisobotlari; - Statistika hisobotlari; - Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar); - Xo‘jalik yurituvchi subyektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari; - Auditorlar, maslahatchilarning ichki hisobotlari; - Firmaning ichki yo‘riqnomalari; - Soliq tekshiruvlari materiallari; - Sud da’volari materiallari; - Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba korxonalari ro‘yxati; - Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar; - Xo‘jalik yurituvchi subyektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini ko‘zdan kechirishda olingan axborot. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti audit o‘tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni o‘tkazish uchun shtatni shakllantirishga o‘tadi. Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart: - Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi uchun ish vaqti budjetini; - Guruh ishining mo‘ljallanayotgan muddatlarini; - Guruhning miqdoriy jihatdan tarkibini; - Guruh a’zolarining mansab darajasini; - Guruh xodimlarining vorisligini; - Guruh a’zolarining malaka darajasini.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling