Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga


Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o’zaro qanday bog’liqligi mavjud?


Download 61.83 Kb.
bet2/28
Sana09.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1471956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
zarnigor auditi

2.Muhimlik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o’zaro qanday bog’liqligi mavjud? Auditor tanlagan jiddiylik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari boғliqlik mavjudligini e`tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar haj-mi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari boғliqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor jiddiylik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu boғliqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:
a) jiddiylik darajasi qancha yuqori bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo’ladi;
b) jiddiylik darajasi qancha past bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo’ladi.
Agar auditor auditorlik tekshiruvi choғida jiddiylik darajasining pastroq ko’rsatkichini qo’llashga qaror qilsa, bu holda u auditorlik riskini pasaytirishga doir chora-tad-birlarni kuchaytirishi lozim. Buning uchun u nazorat vositalari riski va aniq-lanmaslik riskini quyidagi tarzda aniqlashi lozim:
a) nazorat vositalari riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun tekshiruv choғida nazorat vositalarini qo’shimcha test sinovidan o’tkazish zarur;
b) aniqlanmaslik riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  • qo’llaniladigan auditorlik amallarini, ularning sonini ko’paytirish va mazmunini o’zgartirishni nazarda tutgan holda modifikatsiyalash (boshqacha shaklga keltirish, o’zgartirish);

  • tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni ko’paytirish;

auditorlik tanlash hajmini oshirish.
3.Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishda qanday maqsad va vazifalar qo’yiladi? Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlik tashkiloti tomonidan audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, grafiklari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditning umumiy rejasini ishlab chiqish, hamda auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolisona va asoslangan xulosani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarning ketma-ketligini, turi va hajmini aniqlab beradigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iboratdir. Auditni rejalashtirish auditorlik tashkiloti tomonidan auditni o‘tkazishning umumiy prinsiplariga, shuningdek quyidagi xususiy prinsiplarga muvofiq o‘tkazilishi kerak: Rejalashtirishning kompleksliligi; Rejalashtirishning uzluksizligi; Rejalashtirishning maqbulligi. Auditni rejalashtirishning kompleksliligi prinsipi dastlabki rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar bo‘lgan rejalashtirishning barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqliligini va uyg‘unliligini ta’minlashni nazarda tutadi. Auditni rejalashtirishning uzluksizligi prinsipi auditorlar guruhiga o‘zaro bog‘langan topshiriqlarni belgilaydi va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda turdosh xo‘jalik yurituvchi subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalar, filiallar, vakolatxonalar, sho‘ba korxonalar) bo‘yicha bog‘liqligini ifodalaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik kuzatuvi yil davomida amalga oshirilishi sababli uzoq muddatga audit rejalashtirilganda, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o‘tkazish rejasi va dasturlariga o‘z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo‘ladi. Auditni rejalashtirishning maqbulligi prinsipi shundan iboratki, bunda rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini yaratish uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak.



Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling