III bob. Auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirishni takomillashtirish masalalari
3.1. Auditorlik tekshiruvlarida auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish hamda taqdim etishni takomillashtirish
Buxgalteriya hisobotini tekshirish boshlangan paytda auditor balans va uning boshqa shakllarining mazmunini ko’rib chiqib, ularning orasidan tekshirilishi lozim bo’lgan aniq elementlarni ajratib oladi. O’zaro bog’liq bo’lgan alohida elementlar auditor segmentiga birlashtirilishi mumkin; axborotni baholashga davriy yondoshuvni ta’minlaydigan auditor bu segmentlarning ba’zilarini qayta-qayta foydalanishga majbur bo’ladi. Bu elementlar va segmentlar orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
a) balans bo’limlari va ularning nisbati (ular yuzasidan tahliliy hisobotlar odatda iqtisodiy sub’ekt va auditor tomonidan amalga oshiriladi);
b) balansning bo’limlari va ularning bo’limlar ichidagi o’zaro nisbati (auditor hisobotdagi qoldiq summalarning haqiqiyligini, ularning o’zaro nisbati to’g’riligini axborotning faqat balans bilan emas, boshqa shakllar, doimiy hisob yozuvlari bilan o’zaro muvofiqligini tekshiradi);
v) hisob regestrlaridagi yozuvlar, boshlang’ich xujjatlar (faqat buxgalteriyaga oid emas, shu bilan birga shartnomaga oid xujjatlar va boshqalar hamdir).
Auditor o’z vazifasini bajarar ekan hisobotdagi axborotning har bir alohida elementi ishonchliligini tasdiqlovchi alohida dalillarni to’playdi. Dalillarni nazorat qilishda testlash chog’ida hamda u yoki bu xo’jalik operatsiyalarining mohiyatini tekshirish chog’ida to’planadi.
Tashqi foydalanuvchilardan ba’zilari Ko’p hollarda buxgalteriya hisobotini ishonchliligini tasdiqlovchi o’zlari uchun zarur iqtisodiy axborot – qo’shimcha dalillarni olishni hohlaydilar. Buni ular o’zlari mustaqil qilishlari yoki tegishli tekshirish o’tkazishni boshqa mustaqil mutaxasislarga topshirishlari mumkin.
Yillik buxgalteriya hisoboti to’g’risida ishonchli axborot olishdan kim ko’proq manfaatdorligi nuqtai nazaridan bu masalaga yana qaytaylik va ularni ichki va tashqi manfaatdor tomonlarga ajrataylik (6-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |