Auditorlik tekshiruvida muhimlilik va risk
Auditorlik riski tushunchasi
Download 181.71 Kb.
|
Auditorlik tekshiruvida muhimlilik va risk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajralmas risk
Auditorlik riski tushunchasi
11. Auditorlik riski — auditorlik tekshiruvi yakunlari bo‘yicha auditor tomonidan subyektiv ravishda aniqlanadigan, moliyaviy hisobotning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzilishlar bo‘lishi mumkinligini e’tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo‘lmasada, unda muhim buzilishlar mavjud bo‘lishi mumkinligini e’tirof etish ehtimolligidir. 12. Auditorlik riski o‘z ichiga ikkita tarkibiy qismni oladi: 12.1. Ajralmas risk; 12.2. Nazorat riski; 12.3. Moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni aniqlamaslik riski. 13. Auditor auditni o‘tkazish paytida auditorlik riskini oqilona eng kam darajagacha pasaytirish uchun zaruriy choralarni ko‘rishi kerak. Ajralmas risk 14. Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xaraktyerga ega bo‘lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta’sir ko‘rsatadi. 15. Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi. 16. Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o‘z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak. 17. Ajralmas riskni baholashda auditor o‘tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi kerak. 18. Ajralmas riskka quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin: 18.1. Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblarda moddiy jihatdan buzib ko‘rsatish ehtimolining darajasi katta bo‘ladi. 18.2. Naqd pullar o‘g‘irlanishga moyil bo‘ladi. 18.3. Nisbatan barqaror haqiqiy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo‘lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi. 18.4. Texnologik yutuqlar zaxiralarning sezilarli oshishiga sabab bo‘lib, har qanday muayyan mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin. 18.5. Inqiroz holatidagi tarmoqda bo‘lgan va biznesda ko‘pgina muvaffaqiyatsizliklarga uchragan hamda yetarli darajadagi oborot kapitali ega bo‘lmagan mijozning kompaniya rahbariyati moliyaviy hisobotni buzib ko‘rsatishga moyilligi bo‘ladi. Download 181.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling