Auditorlik tekshiruvida muhimlilik va risk
Download 181.71 Kb.
|
Auditorlik tekshiruvida muhimlilik va risk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqlamaslik riski
Nazorat riski
19. Nazorat riski xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan va muntazam ravishda qo‘llanadigan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida olingan yoki umumiy holatda jiddiy buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlamasligi va ularni tuzatmasligi va (yoki) bunday buzilishlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilaolmaslik ehtimolini ifodalaydi. 20. Nazorat riski xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi. 21. Auditor o‘z kasb malakasidan foydalanib, audit davomida xo‘jalik yurituvchi subyektning nazorat tizimini, nazorat muhitini va alohida nazorat vositalarini baholashi shart. 22. Nazorat vositalari riskini baholash uchun auditor nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazishi kerak. 23. Nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazish quyidagilardan iborat: 23.1. Moliya-xo‘jalik operatsiyalarini o‘tkazishni aks ettiradigan hujjatlarni tekshirish va shu munosabat bilan auditorlik dalillarini olish nazorat vositalarining yetarli tarzda faoliyat ko‘rsatganligini aniqlash. 23.2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjatlar bilan tasdig‘ini olish imkoni bo‘lmagan hollarda, nazorat vositalarining faoliyat ko‘rsatishiga oid auditorlik dalillarini olish maqsadida operatsiyalarni rasmiylashtirish ustidan kuzatuvlar va so‘rovnomalar o‘tkazish. 23.3. Nazorat vositalarining ish qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun boshqa auditorlik tartib-taomillarining natijalaridan foydalanish. 24. Nazorat riskini baholashda auditor, o‘tgan yillar auditining materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu tegishli nazorat vositalari uchun o‘tgan yillarda baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi kerak. 25. Nazorat riskini baholash natijalarini auditor auditning umumiy rejasida aks ettirishi kerak. Aniqlamaslik riski 26. Aniqlamaslik riski auditor tomonidan subyektiv ravishda aniqlanadigan ehtimollik bo‘lib, auditor tekshiruv davomida qo‘llaydigan auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatda mavjud bo‘lgan, alohida olinganda yoki umumiy holatda muhim xaraktyerga ega bo‘lgan xatolar va buzilishlarni aniqlash imkonini bermasligini ifodalaydi. 27. Aniqlamaslik riski auditor ishi sifatining ko‘rsatkichi bo‘lib, auditor malakasiga va o‘tkazilayotgan auditorlik tekshiruvining xususiyatlariga bog‘liqdir. 28. Auditor, ajralmas va nazorat risklarini baholash asosida o‘z ishida yo‘l qo‘yiladigan aniqlamaslik riskini aniqlashi va aniqlamaslik riskini iloji boricha kamaytirishni hisobga olgan holda tegishli auditorlik tartib-taomillarini rejalashtirishi shart. 29. Aniqlamaslik riski bilan ajralmas va nazorat risklarining kombinatsiyalashgan darajasi o‘rtasida teskari aloqa mavjud: 29.1. Agar ajralmas va nazorat risklari yuqori bo‘lsa, u holda auditorlik riskini maqbul darajaga qadar kamaytirish uchun aniqlamaslik riski yetarlicha past bo‘lishi kerak. 29.2. Agar ajralmas va nazorat risklari past bo‘lsa, u holda auditor aniqlamaslik riskini ancha yuqori belgilashi va shu tarzda auditorlik riskini maqbul darajagacha kamaytirishi mumkin. 30. Aniqlamaslik riskini pasaytirish uchun auditor quyidagilarni bajarishi shart: 30.1. Qo‘llanilayotgan auditorlik tartib-taomillarini modifikatsiyalab ularning sonini ko‘paytirishni va (yoki) ularning mohiyatini o‘zgartirishni nazarda tutishi. 30.2. Tekshiruvga sarflanadigan vaqtni ko‘paytirishi. 30.3. Auditorlik tanlovlari hajmlarini oshirishi. Download 181.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling