Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi
Download 23.92 Kb.
|
4-мавзу бўйича кейслар ва саволлар
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI Takrorlash uchun savollar: 1. Audit natijalariga qanday baho beriladi? 2. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qilish deganda nimalar nazarda tutilgan? 3. Auditorlik xulosasi qanday tuziladi, uning tarkibi nimalardan iborat bo’ladi va ularda asosan qanaqa ma’lumotlar aks etadi? 4. Auditorlik xulosa kimga taqdim etiladi? 5. Auditorlik xulosasining kirish qismida nima aks etadi? 6. Auditorlik xulosasining analitik qismida nima aks etadi? 7. Auditorlik xulosasining xulosa qismida nima aks etadi? 8. Audit standartlari bo’yicha xulosasining nechta va qanday turlari, shakllari mavjud va ular nimalarga asoslanib rasmiylashtiriladi? 9. Ijobiy xulosa, salbiy xulosa, xulosa berishdan bosh tortish qanday holatlarda tuziladi? 10. Tekshirish natijalarini baholashda muhimlik tamoyiliga asoslaniladimi, bunga sabab nima? 11. Aniqlangan xatolar muhimliligi baho bering. 12. Aniqlangan xatoliklarni to’g’rilash yuzasidan maslahatlar bering hamda keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatoliklar haqida ma’lumotlar bering. 14. Auditorlik xulosasining sanasi va auditorlik xulosasidagi imzolar to’g’risida nimalar bilasiz? 15.Auditorlik xulosasida adresat qanday ko’rsatiladi?
Ishchi hujjatlarni tahlil qilishda auditor ishonch hosil qilish kerakki, audit dasturi talablariga amal qilinishini; (bajarilgan ishlar xarakteri va hajmi qayd etilishi); Ishchi hujjatlar aniq shaklda, sodda va izohsiz taqdim qilinishi; Ishchi hujjatlardagi ma’lumotlar hisob va hisobotning mazmunini tashkil qilishi va auditorlik xulosaning analitik qismiga xulosa berishga muvofiqligi; 2. Auditorlik xulosasini tuzing. 3. Auditorlik xulosaning kirish qismini tuzish uchun ilovadagi ma’lumotlardan foydalaniladi. 4. Auditorlik xulosaning analitik qismi ishchi hujjatlardagi ma’lumotlarga muvofiq ilovadagi holatlarda tanlab olingan variantlarga asosan tuziladi. 5. Auditorlik xulosaning turi mashg’ulotlardagi tanlab olingan variantlarning ma’lumotlarini umumlashtirish asosida aniqlanadi. 1-jadval. Tekshirish natijalari
2-jadval. Holatlar yuzasidan yakun
Masala. «XXX» korxonasi qurilish mollari sotish bilan shug’ullanadi. Qurilish mollarini sotish naqd pulga va pul o’tkazish yuli bilan amalga oshiriladi. 2008 yilda «XXX» korxonasining sotishdan tushgan sof tushumi 75 million so’mni, shu jumladan naqd pulga sotilgan tovarlar hajmi 1250 ming so’mni tashkil etgan. Naqd pulga sotilgan tovarlar nazorati va hisobi talab darajasida yo’lga qo’yilmaganligi sababli auditor zarur auditorlik amallarini qo’llab, etarli dalil to’play olmadi. Talab qilinadi: Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; Ushbu holatda auditor qanday xulosa berishi kerak? Masala. Auditorlik hisobotini imzolashdan oldin, auditor shuni aniqladiki, mijozning filiallaridan biriga kuchli shamol tufayli katta zarar etkazilgan. Bu hodisa moliyaviy hisob sanasidan keyin ro’y bergan. Zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanmaydi. Talab qilinadi: Bu hodisa kompaniyaning moliyaviy hisobotiga ta’sir ko’rsatadimi? Agar shunday bo’lsa buxgalteriya hisobida nima o’zgaradi? Masala. Audit o’tkazish davrida keyingi yilning boshida shartnoma tuzilgan bo’lib, unga ko’ra sizning mijozingiz tovar-moddiy boyliklar sotadi va hisobot yilidagiga nisbatan 10 marta ko’proq daromad olishini aniqladingiz. Talab qilinadi: Bu xo’jalik muomalasi tekshirilayotgan yil hisobotiga va auditor xulosasiga qanday ta’sir qiladi? Masala. Dorman Home Builders kompaniyasi bosh buxgalteri kasalligi tufayli, tugayotgan hisobot davri uchun malakasi yuqori bo’lmagan buxgalter yordamchisi kompaniyaning buxgalteriya balansini tuzdi. Tuzilgan balansda bir qator xatoliklar mavjud. Yordamchi buxgalter qisman balans to’g’risida tushunchaga ega ekanligi va uning barcha muomalalarning natijalarini qo’shilishi, ya’ni yig’ish orqali tuzilishini bilganligi bois kompaniya balansini tuzdi. Lekin natijalar balans (tenglik)ni keltirib chiqarmadi va tenglikni keltirib chiqarish uchun u xususiy kapital summasiga korrektirovka kiritish orqali balansni chiqardi. Balans moddalari summalari to’g’ri aks ettirilgan, ammo xususiy kapital summasida xatolik mavjud. Dorman Home Builders kompaniyasining 2013 yil 1 yanvar holatiga buxgalteriya balansi
Download 23.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling