Аудиторское заключение
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
Misol 2. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor 3640 ming so’mlik asosiy vosita sotilganligini aniqladi. Bu muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks etgan:
Asosiy vositaning balans qiymatiga: Dt 9210 Kt 0130 3640 ming so’m Asosiy vositaning eskirish summasiga: Dt 0260 Kt 9210 1500 ming so’m asosiy vosita uchun pul kelib tushgan: Dt 5110 Kt9210 3640 ming so’m Asosiy vositani sotishdan moliyaviy natija aniqlangan: Dt 9430 Kt9210 3560 Yo’l qo’yilgan xatoni aniqlab, to’g’ri buxgalteriya provodkalarini bering. Auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo’limi uchun ma’lumot tayyorlang. Misol 3. Korxonada asosiy vositalarni tanlov asosida inventarizatsiya qilishda dastlabki narxi 750000 so’m, amortizatsiya 250000 so’mlik ob’ekt etishmasligi aniqlandi. Hisobot yilining dekabr oyida bu ob’ekt shartnomaga ko’ra uning narxi 166000 so’m amortizatsiya o’tkazish paytida auditorga shartnoma va qabul topshirish akti taqdim etilgan. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona asosiy vositalaridan bir qismini sotib yuborganligi va bu muomalalar buxgalter tomonidan o’z vaqtida hisobga olingmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu xo’jalik muomalalari hisobot yilining 31 dekabrigacha bo’lgan holati bo’yicha buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilmaganligi tekshiruv jarayonida ma’lum bo’ldi. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’liq va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini rasmiylashtiring. Misol 4. “DShS” korxonasi mebel ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Korxona 2005-yilda tashkil topgan. 2005-yilda mebellarni obshivka qilishga moslashgan uskuna sotib olgan va hisob siyosatiga muvofiq tezlashgan amortizatsiya usulidan foydalanadi. Uskunani 2005-yildagi sotib olish bahosi 1000000 so’m bo’lgan. foydali xizmat muddati 5 yil. tugatish qiymati 100000 so’m. 1 yil 1000000-40 % 2 yil 600000-40 % 3 yil 360000-40% 4 yil 216000-40% 5 yil qoldiq-29600 Shu yilda amortizatsiya hisoblanishi kerak edi. Lekin xarajatlarni kamaytirish maqsadida buxgalter yillar yig’indisi usulini tanlagan. Talab qilinadi: Yo’l qo’yilgan xatolik va shu xatoliklarning korxonaga ta’sirini aniqlang? Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling