Аудиторское заключение


-MAVZU: NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI


Download 0.58 Mb.
bet29/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

14-MAVZU: NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI


Quyidagi atamalarga izoh bering: nomoddiy aktivlar, ularni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish dasturi, auditning ma’lumot manbalari, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning to’g’riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar sintetik hisobi va soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar auditi natijalarini baholash


NAZORAT SAVOLLARI



  1. Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi?

  2. Nomoddiy aktivlar baholanishining to’g’riligi qanday tekshiriladi?

  3. Nomoddiy aktivlar realligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralar qqllaniladi?

  4. Nomoddiy aktivlarni hujjatlarda rasmiylashtirishni va kirimga olinishini to’g’riligini qanday tekshiriladi?

  5. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi?

  6. Nomoddiy aktivlarni analitik hisobini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  7. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini qanday tekshiriladi?

  8. Nomoddiy aktivlarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishni manbalari bo’lib xizmat qiladi?

Nomoddiy aktivlar auditining asosiy vazifalari



  1. Aktivlarni nomoddiy aktivlarga to’g’ri kiritilganligini tekshirish.

  2. Nomoddiy aktivlar harakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish va ularning boshlang’ich qiymati to’g’ri shakllanganligini tekshirish.

  3. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimi muomalalari bo’yicha provodkalarni to’g’ri berilganligini va to’liqligini hamda hisob registrlarida to’g’ri aks ettirilishini tekshirish.

  4. Hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini O’zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlariga muvofiq aks ettirilganligini tekshirish.

  5. Nomoddiy aktivlar muomalalari bo’yicha hisoblangan soliqlarni to’g’riligini tekshirish.



1-masala. Korxona jismoniy shaxsdan xususiylashtirilgan kvartirani sotib oldi va uni nomoddiy aktiv sifatida 0490 «Nomoddiy aktivlar» schyotiga o’tkazildi. Notarial idorasiga sotish va sotib olish shartnomasini rasmiylashtirish uchun uning xizmatiga 52100 so’m naqd pul to’landi.
Xaridor bilan hisob-kitob muomalalari korxonaning hisob-kitob schyotidan xaridorning omonat kassasidagi shaxsiy schyotiga 11000000 so’m o’tkazib berildi? Bu muomala uchun omonat bankining xizmatiga 78000 so’m to’lab berdi.
Notarial idorasiga va omonat Bankining xizmati uchun to’langan 130100 so’m chet tashkilotlar xizmati xarajatlariga hisobdan chiqarilgan.
Buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilingan:
D-t 2010 sch, k.t 5010 sch - 52100 so’m - natarial idorasining xizmati.
D-t 0490 sch, k.t 5110 sch - 11000000 so’m - sotib olish qiymatiga.
D-t 2010 sch, k.t 5110 sch - 78000 so’m - bank xizmati uchun.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling