Мажбуриятлар аудити reja


Download 25.35 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi25.35 Kb.
#1308251
  1   2
Bog'liq
аудити


МАЖБУРИЯТЛАР АУДИТИ
Reja:

  1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo'yicha muomalalar auditining asosiy qonun va me’yoriy asoslari. Auditining maqsadi vazifalari va axborot manbalari

  2. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo‘yicha muomalalar auditining uslubiyoti

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro hisob-kitoblami amalga oshiradilar, ya’ni erkin iqtisodiy munosabatga kirishadilar. Bunda mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va boshqa xo'jalik muomalalari vujudga keladi! Natijada subyektlar o‘rtasida hisob- kitob muomalalarini amalga oshirish jarayoni vujudga keladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan xom-ashyo, material, asbob- uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar, xaridor va buyurtmachilar bilan ortib jo'natilgan mahsulot, transport tashkilotlari bilan yuklarni tashish, soliq organlari bilan budjetga to'lovlar yuzasidan va h.k. Bulardan tashqari jismoniy shaxslar, xodimlar bilan turli xil hisoblashishlami amalga oshirish mumkin. Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, kreditga olingan tovar-moddiy boyliklarga to'lovlar yuzasidan va h.k.


Xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasidagi hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat safarlariga, xo'jalikning mayda xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi. «Korxonaning ba’zi xarajatlari hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning ayrim xodimlariga xizmat safari xarajatlari, ayrim mayda xo'jalik xarajatlari uchun kassadan mablag' beriladi. Hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo'yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar bo'yicha xudimlai bilan hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko'p xato-kamchiliklarga yo'l qo'yiladigan soha bo'lib, auditordan tekshiruvda maxsus e’tibor qaratishni talab etadi».Hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazishdan asosiy maqsad buxgalteriya hisobidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo'limning ishonchliligi, qo'llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to'g'risida fikr shakllantirib, quyidagilami aniqlashdan iborat:
• to‘liqligi - barcha muomalalaming buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yuqligi;
• mavjudlik - balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo‘yicha majburiyatlar mavjudligi;
• majburiyatlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari qonuniyligi va to‘g‘riligi;
• baholashlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlaming me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganiigi;
• aniqligi - mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo‘yicha sutkalik xarajatiar summasi va boshqalaming to‘g‘ri hisoblanganligi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma’lumotlarga mosligi;
• hisob davrining cheklanganligi - ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo'lsa, aynan mana shu hisob davrida aks ettirilganligi;Taqdim etish va bayon qilish - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlaming barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga
muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi. Ushbu maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
• auditor tekshiruv mobaynida hisobot ko‘rsatkichlarida jiddiy xatolar yo‘qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilish;
• dalillami to‘plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalanish;
• auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblami tekshirish uchun zarur boMgan me’yoriy hujjatlar paketi, sintetik va
analitik hisob registrlari va boshlang'ich hujjatlami jamlash;
• ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish;
• soliqqa tortish bo‘yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar paketini mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirish.
Auditor ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo‘llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order, memorial-order, jadval va h.k.) bog‘liqligini bilishi kerak. Masalan, buxgalteriya hisobi jumal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK 8-ASK va 10-ACK jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) shaklida - 4210 - «Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘nak», 6510 - «Sug‘urta bo‘yichato'lovlar», 6710 - «Mehnat haqi bo'yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720 - «Deponentlangan mehnat haqi», 4220 - «Xizmat safari uchun berilgan bo'naklar», 4230 - «Umumxo'jalik xarajatlari uchun berilgan bo'naklar», 4290- «Xodimlarga berilgan boshqa bo'naklar», 6870- «Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710 - «Kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha xodimlaming qarzlari», 4720-«Berilgan qarzlar bo'yicha xodimlaming qarzlari», 4730 - «Moddiy zararni qoplash bo'yicha xodimlaming qarzlari» va 4790 - «Xodimlaming boshqa qarzlari» schyotlari bo'yicha debet va kredit oborotining rnashinogramnialari tekshiriladi.
Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy ma’lumot manbasi hisoblanadi. Jumladan, a) xodimlar va yollangan shaxslar bilan hisob-kitoblami tekshirishda:
- ishga qabul qilish va boshqa ishga o'tkazish, ta’tilga chiqarish, mehnat shartnomasini to'xtatish to'g'pisidagi buyruqlar;
- mehnat shartnomalari va kontraktlar;
- shtatlar jadvali;
- shaxsiy kartochkalar (T-2sh);
- ish vaqtini hisobga olish tabeli (T-13sh);
- mehnatga layoqatsizlik varaqasi№;
- hisoblashuv-to'lov vedomosti (T-49sh);
-hisob-kitob vedomosti(T-51sh);
- to'lov vedomosti (T-53sh);
- shaxsiy hisob varaq (T-54sh);
- ijro varaqalari, daromad va daromad solig'ini hisobga olish bo'yicha soliq kartochkasi;
b) ijtimoiy sug'urta va ta’minotga doir hisob-kitoblami tekshirishda:
- ijtimoiy sug'urta jamg'armasi mablag'lari bo'yicha hisob-kitoblar vedomosti (F.4-SJ);
- ro'yxatga olinganlik to'g'risidagi ma’lumotlar;
- sug'urta qildiruvchiga xabamoma, ijtimoy cug'upta jamg'armasiga
o'tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalami to'lash bo'yicha vedomost;
v) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblami tekshirishda:
- bo'nak (avans) hisoboti;
- xizmat safari guvohnomasi;
- xizmat safariga boruvchi va keluvchi xodimlami ro'yxatga olish daftari;4220 - «Xizmat safar uchun berilgan bo'naklar», 4230 -«Umumxo'jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar» va 6970 - «Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo'yicha inventarizatsiya ro'yxatlari;
g) xodimlar bilan boshqa muomalalar bo'yicha hisob-kitoblarni tekshirishda:
- kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat;
- qarz shartnomasi;
- moddiy zarami qoplash to'g'risidagi buyruq (farmoyish);
- sud qarori;
- ijro varaqalari;
- to'lov topshiriqnomalari;
- kassa kirim orderlari va boshqa dastlabki hujjatlardan keng foydalaniladi.
Hisob-kitob va kredit operatsiyalarini audit qilishdan maqsad hisob- kitob operatsiyalari hisobi to'g'ri yuritilishini baholash, debitorlik va kreditorlik qarzlari qonuniy vujudga kelganligi, ular qoplanishi haqqoniyligi va ishonchliligi, kredit maqsadli ishlatilishi va to'liqligi hamda kredit va uni ishlatilishi bo'yicha foizlar o'z vaqtida qaytarilishini tasdiqlashdir.
Hisob-kitob va kredit operatsiyalar auditining asosiy manbasi bo'lib quyidagi me’yoriy va dastlabki hujjatlar hamda buxgalteriya hisobi registrlari hisoblanadi Dastlabki hujjatlami tekshirishda auditor ushbu hujjatlaming belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi zarur.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazish ushbu muomalalami hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni nazarda tutadi. Bunda xodimlami ishga yollash va ishdan bo‘shatishda qonunchilikka rioya qilinishini, ro'yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifalarini, ish vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to‘lash, mukofotlash va moddiy yordam to‘g‘risidagi nizomlarga rioya qilinishi va ichki nazoratning holatini o'rganganidan so‘ng ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini aniqlaydi.

Download 25.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling