Аудиторское заключение


Download 0.58 Mb.
bet28/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

Misol 8. Ta’sis hujjatlariga ko’ra ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitali – 15000 ming so’m. Jamiyat ta’sischi jismoniy shaxs bo’lib, u ulush sifatida texnologik uskunani kiritdi. Uskunani etkazib berish bo’yicha xarajatlar QQS bilan birga 245000 so’mni tashkil etdi.
Uskuna – ulushning boshlang’ich qiymati 1625 ming so’m, uning korxona tomonidan kirim qilinishi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalarida aks ettirilgan:
1) Dt 4610 1500 2) Dt 0820 1625
Kt 8330 1500 Kt 4610 1625

3) Dt 0820 245000 4) Dt 0120 1500


Kt 2310 245000 Kt 0820 1500

Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlang.




Misol 9. Korxona uskuna sotib oldi. Oldi-sotdi shartnomasida uskunaning narxi AQSh dollarida ko’rsatilgan - 15000 $/. Shartnomaga ko’ra to’lov (100%) Markaziy bankning to’lov sanasidagi kurs bo’yicha so’mda amalga oshiriladi. To’lov 5-sentyabrda amalga oshirildi, uskuna esa 18-sentyabrda olindi. AQSh dollarning so’mga nisbatan kursi quyidagicha bo’lgan:
5-sentyabrda – 1 AQSh dollari 1422.6 so’m
18 sentyabrda – 1 AQSh dollari 1426.24 so’m
Uskunaning boshlang’ich qiymati – 2139360 so’mni tashkil qiladi.

Talab qilinadi: Ushbu muomalalarnii buxgalteriya hisobida aks ettiring.




Misol 10. “MALIKA” firmasi ayollar kiyimini tikish bilan shug’ullanadi. Bu firma 2000-yilda tashkil topgan. Firma quyidagi asosiy vositalarga ega ya’ni bino, mashina, tikuv uskunalari va boshqalar. Joriy yilga kelib firma asosiy vositalarni ta’mirlashdan o’tkazadi. Bunda xo’jalik usulidan foydalandi. Shunda korxona buxgalteri tomonidan quyidagicha

Dt. 8910 1000000


Kt 2310 1000000 provodka berilgan.


Talab qilinadi: Yo’l qo’yilgan xatoliklarni aniqlang.


11-masala Korxana 4 yil muddat ichida foydalanish kutiladigan uskunani 1 750 000 so’mga sotib oldi . Ushbu uskunani tugatish qiymati 175000 so’mga baholangan .Mazkur uskuna bilan bog’liq quyidagi operatsiyalar amalga oshirilgan ;
1) Uskunani 2 yili ishlatish davomida yangi tarkibiy qism uchun 140 000 so’m to’landi ,uning foydalanish natijasida uskunaning unumdorligi 10% oshishi kutilmoqda .
2) Uchinchi yil davomida uskunani foydali xizmat muddatini 4 yildan 6 yilgacha oshirish imkonini yaratuvchi ta’mirlash uchun 930 000 so’m to’landi.
3) To’rtinchi yil davomida uskunani ish holati yomonlashmasligi uchun amalga oshirilgan ta’mirlashga 250 000 so’m sarflandi .
Auditorlik tekshiruvi jarayoni natijasida ushbu operatsiyalar bo’yicha quyidagi buxgalteriya provodkalari berilgan ,
1) Dt 0130 Kt 6010 1 750 000
2) Dt 0130 Kt 6010 1 070 000
3) Dt2010 Kt 6010 250 000
Topshiriq Yuqoridagi muomalalarni to’g’riligini tekshiring va auditorlik hisobotini tayyorlang .
12-masala. Korxona yangi faoliyatni yuritish uchun 15000 000 so’mga er uchastkasini sotib oldi Er uchastkasini sotib olishda qo’shimcha quydagi xarajatlar qilingan : brokker xizmati uchun 25000 so’m ,er uchastkasini korxona nomiga rasmiylashtirish uchun notariusga 55 000 so’m to’langan .Er uchastkasini obodonlashtirish uchun (boshqa tashkilotga ) 125000 so’m xarajat qilingan.Auditorlik tekshiruvi jarayonida bosh buxgalter tomonidan sotib olingan er uchastkasini buxgalteriyada quyidagicha aks ettirilgani ko’rsatilgan ;
1) Dt 0110 Kt 5110 15 000 000 ,
2) Dt 9430 Kt5110 205 000,

Topshiriq Yuqoridagi muomalalar to’g’riligini tekshiring vaushbu holat bo’yicha auditorlik hisobotini tuzing.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling