Аудиторское заключение
-MAVZU: TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR AUDITI
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish zahiralari auditining asosiy vazifalari
- Quyidagi atamalarga izoh bering
16-MAVZU: TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR AUDITI
Auditning maqsadi. Balansdagi material qiymatlar «Ishlab chiqarish zahiralari» (Materiallar, inventar va xo’jalik jihozlari, tayyor mahsulot, tovarlar) moddasi bo’yicha ko’rsatgichlarni ishonchliligini tekshirish va bu ko’rsatgichlarni bosh daftardagi, jurnal-orderlar va boshqa buxgalteriya hisobi registlaridagi ma’lumotlar bilan bog’liqligini aniqlash. Ishlab chiqarish zahiralari auditining asosiy vazifalari: Ishlab chiqarish zahiralari mavjudligini va saqlanish holatini tekshirish. Ishlab chiqarish zahiralari harakatini hujjatlarda rasmiylashtirilishini tekshirish. Ishlab chiqarish zahiralarini hisob bahosini shakllanishini to’g’riligini tekshirish. Ishlab chiqarish zahiralarini to’liqligi va o’z vaqtida kirimga olinishini tekshirish. Ishlab chiqarish zahiralarini ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishini tekshirish. Tayyor mahsulotlar va jo’natilgan tovarlarni to’g’ri baholanishini tekshirish. Ishlab chiqarish zahiralarini harakatini tekshirish. Quyidagi atamalarga izoh bering: TMZ, uning tarkibi, haqiqiy tannarx, inventar kartochkalar, limit-zabor kartalari, talabnomalar, material hisobot, xo’jalik shartnomalari, ishonchnomalar, TMZlarning kamomadi va nobudgarchiligi, tugallanmagan ishlab chiqarish. NAZORAT SAVOLLARI Material qiymatliklarni tekshirishda qanday me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi? To’g’ri baholash qanday belgilanadi: materiallarga; tovarlarga; inventar va xo’jalik jihozlariga? Inventar va xo’jalik jihozlarining kirimga olinishi va hisobdan chiqarilishini to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Inventar va xo’jalik jihozlariga eskirish hisoblanadimi? Material resurslarni mavjudligi va saqlanishini to’g’riligini qanday tekshiriladi? Ishlab chiqarish zahiralarining harakati bo’yicha muomalalarni hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Ishlab chiqarish zahiralaridan kelgan kamomad va nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarilishi bo’yicha muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Ishlab chiqarish zahiralarining auditini tekshirish manbalari bo’lib qaysi dastlab hujjatlar va buxgalteriya schyotlari hisoblanadi? Ishlab chiqarish zahiralarining inventarizatsiya natijalari qanday rasmiylashtiriladi va unda kimlar ishtirok etishlari lozim? Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 1-masala. Shakar ishlab chiqarish zavodidan temir yo’l orqali ulgurji savdo tashkilotiga 25 tonna shakar jqnatilgan. Yuk ortilgan vagon belgilangan stantsiyaga 21.12.da kelgan va yuklarni tushirishga berilgan. Shakarni qabul qilish paytida 23.12 kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib, komissiya tarkibiga ombor mudiri Nizomov T. va Egamov O., buxgalter Qosimov N.lar kiritilgan. Dalolatnomada ko’rsatilishicha mol etkazib beruvchining hujjatiga muvofiq 25000 kg shakar, har bir kilogrammi 120 so’m dan umumiy summasi 3000000 so’mni tashkil qiladi. Shakarni tortib ko’rilganda 150 kg shakar summasi 18000 so’m kam kelganligi ko’rsatilgan. Qabul qilish dalolatnomasiga asosan 24850 kg shakar buxgalteriyada kirimga olingan. Kamomad summasi 2010 «Ishlab chiqarish xarajatlari» schyotiga hisobdan chiqarilgan. Dalolatnoma hech kim tomonidan tasdiqlanmagan. Shakarni tashish paytidagi tabiiy kamayishi normasi 0,15%. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling