Аудиторское заключение


Download 0.58 Mb.
bet24/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

Talab qilinadi: Ushbu muomalarni amalga oshiring va buxgalteriya schyotlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarni ayting?


3-masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang’ich qiymati 135000 so’mdan bo’lgan muzlatgich hisobdan chiqarilgan. Muzlatgichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 118000 so’mni, ikkinchisiniki esa 120000 so’mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to’liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo’qligi deb ko’rsatilgan. Muzlatgichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 3750 so’m ish haqi hisoblangan, 4000 so’m metalalom hamda 9500 so’mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatgichlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan moliyaviy natijani 30650 so’m deb baholab, uni 9590 schyotga hisobdan chiqargan.
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.


4-masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, tekshirish davrida tasdiqlangan dalolatnomaga muvofiq eskirish natijasida 2 dona yuk ko’taradigan uskunalar hisobdan chiqarilgan. Ular bo’yicha amartizatsiya summasi 140000 so’mni tashkil etadi. Hisobdan chiqarish natijasida 3000000 so’mlik metallom kirimga olingan. Yuk kqtargich uskunalarini demontaj qilish uchun ishchilarga 280000 so’m ish haqi hisoblangan va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish schyotiga» o’tkazilgan. Kirimga olingan metallom buxgalteriya hisobida 1090 schyotning debeti va 9320-schyotning kreditiga yozuv qilingan. Har bir yuk ko’targich uskunasining tugatish natijalari buxgalteriyada alohida hisobga olinmagan va tegishli analitik schyotlarda aks ettirilmagan. Dalolatnomada ko’rsatilishicha yuk ko’tarish uskunalarini muddatidan ilgari hisobdan chiqarilishiga asosiy sabab undan uzluksiz ravishda foydalanilganligi va yuqori namlik joyda ishlatilishi ekanligi kqrsatilgan.
Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobi registrlarida yuqoridagi muomalalar quyidagicha aks ettirilgan:
D-t 9210 sch, K-t 0130 sch -180000 so’m
D-t 0230 sch, K-t 9210 sch -140000 so’m
D-t 9431 sch, K-t 9210 sch -403000 so’m
D-t 1040 sch, K-t 9210 sch -300000 so’m
D-t 2010 sch, K-t 6710 sch -280000 so’m

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling