Аудиторское заключение


Download 0.58 Mb.
bet27/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

Misol 5. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko’rsatayotgan vaqtida auditor quyidagi holatni aniqladi:
Korxonada ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan asosiy vosita sotib olingan bo’lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 13 million so’mni tashkil etadi.
Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1300 ming so’m to’lagan. asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 3 koeffitsent asosida asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baholash) talab qilinadi.
Talab qilingan ushbu muomalalarni amalga oshiring buxgalteriya schetlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklarni aniqlang.


Misol 6. Korxona tomonidan joriy yilda binoning rekonstruktsiyasi uchun 2 yil muddatga xorijiy valyutada kredit olingan. Loyiha bo’yicha o’tgan yilning dekabr oyida ishlar tugatilgan va ob’ekt ishga tushirilgan. Hisobot yilida mazkur shartnoma bo’yicha bank xizmati uchun va uning foizi uchun to’lovlarni amalga oshirgan. Lekin o’tgan yillarda olingan kreditor qarzlar o’z vaqtida to’lab berilmagan. Buxgalteriya hisobida valyuta bo’yicha kreditlar quyidagicha aks ettirilgan:
Dt 2010 146000 so’m
Kt 5210 146000 so’m
(Shu jumladan, 134000 so’m-kredit uchun foiz, 34000 so’m – bank xizmati uchun)

Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’liq va to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.




Misol 7. Korxonadan muddatidan avval eskirish oqibatida ikkita boshlang’ich qiymati 145000 so’mdan bo’lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. muzlatkichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 115000 so’mni, ikkinchisiniki esa 110000 so’mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to’liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yoqilg’i deb ko’rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 5650 so’m ish haqi hisoblangan, 6000 so’m metallom hamda 11000 so’mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan moliyaviy natijani 45000 so’m deb baholab, uni 9590 schetga hisobdan chiqarilgan.
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling