Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet90/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Ahamiyatli baholash – aniq qiymatni belgilash imkoni bo’lmaganida yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan mustaqil tashqi baholar mavjud bo’lmaganida rahbariyat tomonidan hisoblab chiqilgan buxgalteriya hisoboti ko’rsatkiyalari qiymati. Baholash qiymatiga rezervlar, fondlar va buxgalteriya hisobotining tartibga soluvchi moddalari kiradi.

  • Bosh (katta) auditor – auditorlik tashkilotining professional xodimi bo’lib, muayyan auditorlik nazorati jarayonida ushbu nazoratning oddiy ishtirokchilarini boshqarish vazifasi topshirilishi mumkin bo’lgan darajada etarli yuqori malakaga ega bo’lgan xodim.

  • Audit tanlovi – 1) Keng ma’noda: iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisoboti hujjatlarini barchasini emas, balki tanlov asosida auditorlik nazorati o’tkazilishi. 2) Tor ma’noda: nazorat qilinayotgan hujjatlarning barchasi haqida xulosa chiqarish maqsadida ma’lum tarzda tanlab olingan elementlar yig’indisi.

  • Buxgalteriya hisobotining tarkibiga kirmaydigan ma’lumotlar – audit nazorati o’tkazilayotgan iqtisodiy sub’ekt holatini ifodalovchi ma’lumotlar. Bu ma’lumotlar ba’zi analitik protseduralar o’tkazilganda qo’llaniladi.

  • Ґisobot davri – iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisoboti tuzish uchun lozim bo’lgan sana.

  • Buxgalteriya hisobotini tayyorlash davri – iqtisodiy sub’ektning hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotini tuzish bo’yicha ishlarning tugatilish sanasi.

  • Auditorlik xulosasi imzolayotganda qo’yilgan sana bo’lib, undan keyin audit bilan bog’liq barcha ma’lumot materiallarini tekshirish tugatiladi va tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektning roziligisiz auditorlik xulosasiga bironta o’zgartirish kiritilmaydi.

  • Buxgalteriya hisobotining taqdim etish sanasi - iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobotini uning mulkdoriga taqdim etish kuni va aloqa tashkilotining shtempelinida belgilangan jo’natish sanasi. Mulkdorlarga taqdim etish deganda quyidagi 4 sanalardan ilgarirog’i tushuniladi;

    a) buxgalteriya hisobotini ta’sischilarga, ishtirokchilarga, ta’sis hujjatlariga binoan yuritish ishtirokchilariga taqdim etish sanasi;
    b) iqtisodiy sub’ektni ro’yxatdan o’tkazish joyidagi xududiy statistika organlariga buxgalteriya hisobotini taqdim etish sanasi;
    v) buxgalteriya hisobotining qonunchilikka binoan boshqa manzilga taqdim etish sanasi;
    g) buxgalteriya hisobotining e’lon qilinish sanasi.


    1. Download 1.55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling