Аудиторское заключение
Buxgalteriya hisoboti tuziladigan sana
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahamiyatlilik
- Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlar
- Boshqa ma’lumotlar
- Auditor xulosasidagi maxsus izoh paragrafi
Buxgalteriya hisoboti tuziladigan sana – odatda bu hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar aniqlanganda auditorning harakati – buxgalteriya hisobotini buzilishi mavjud bo’lgan yoki yo’qligi haqida asosoli fikrni shakllantirish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar. Ahamiyatlilik – potentsial hamkorning qarorlariga ta’sir qiladigan va qilish mumkin bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatining mulkdor o’lchovi yoki sifat bahosi. O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha auditorning yozma ma’lumotlari – xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarlariga va mulkdoriga yuboriladigan, auditorlik tekshirish jarayonida xatda to’liq ma’lumotlarni, buxgalteriya hisoboti yuritish tartibiga buzilishlar haqida, buxgalteriya hisobotini tayyorlashdagi buzilishlar tekshiruvlarda olingan va shartnomada nazarda tutilgan ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan hujjatdir. Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlar – ma’lum voqealar sodir bo’lishi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi taxminlaridan kelib chiqadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning eklajakdagi moliyaviy holati, faoliyatining kelajakdagi moliyaviy natijalari, pul mablag’larining yoki moliyaviy xo’jalik faoliyatidagi alohida tarmoqlarining harakatlari to’g’risida ma’lumot. Boshqa ma’lumotlar – xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisob ob’ektlari to’g’risida ma’lumot bo’lib, bu ob’ektlarni miqdorini yoki sifatini ifodalaydi. Ushbu ma’lumotlar buxgalteriya hisoboti tuzish, taxlil o’tkazish va boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi ob’ektlari deganda xo’jalik yurituvchi su’ekt mulki, uning majburiyatlar va o’z faoliyati davomida amalga oshiradigan xo’jalik operatsiyalari tushuniladi. Auditor xulosasidagi maxsus izoh paragrafi – xo’jalik sub’ekti buxgalteriya hisobotining ishonchligigi to’g’risida va buxgalteriya hisoboti bilan bog’liq maxsus holatlar haqidagi ma’lumotlarnii o’zida mujassamlashtirgan auditor tashkiloti tomonidan bevosita ifodalangan fikrni o’z ichiga oladigan auditor xulosasini bir bo’lagidir.Uning maqsadi, auditor xulosasidagi maxsus holatlarni ochib beradigan ma’lumotlardan foydalanuvchilarni diqqatini jalb qilish. Ґisobot davri – xo’jalik sub’ekti buxgalteriya hisobi va hisobotida aks etadigan ma’lum davr ichida xo’jalikda sodir bo’lgan muomalalarni o’z ichiga oladigan buxgalteriya hisobi bo’yicha me’eriy xujjatlarda belgilangan vaqt mobaynidir. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling