T/r
|
Xo’jalik
operatsiyasining
mazmuni
|
Summa,
so’m
|
Hisobvaraqlar
korrespondentsiyasi
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
Debet
|
kredit
|
1
|
Kompensatsiya to’lash uchun bankdan kassaga pul mablag’lari olindi
|
280 000
|
5010
|
5110
|
Chek, bank ko’chirmasi, kirim kassa orderi, hisoblash qaydnomasi, limit-zabor kartalari
|
2
|
Me’yor doirasida kompensatsiya hisoblanishi va to’lanishi aks ettirildi
|
220 220
|
9430
|
5010
|
Chiqim kassa orderi, to’lov Topshiriqnomasi, Qayta baholash qaydnomasi, schyot fakturalar
|
3
|
Me’yordan yuqori kompensatsiya hisoblandi va to’landi
|
50 780
|
9430
6710
|
6710
5010
|
Buxgalteriya hisob-kitobi, inventar kartochkalar, moliyaviy hisobot shakllari
|
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalarni to’g’ri hisobga olinganligini tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
11.2-MAVZU: NOMODDIY AKTIVLAR AUDITI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Nomoddiy aktivlar, ularni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish dasturi, auditning ma’lumot manbalari, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning to’g’riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar sintetik hisobi va soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish, nomoddiy aktivlar auditi natijalarini baholash
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi?
Nomoddiy aktivlar baholanishining to’g’riligi qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlar realligini tekshirishda qanday auditorlik amallar qo’llaniladi?
Nomoddiy aktivlarni hujjatlarda rasmiylashtirishni va kirimga olinishini to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni analitik hisobini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Nomoddiy aktivlarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishni manbalari bo’lib xizmat qiladi?
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1. Nomoddiy aktivlarning mohiyati, ahamiyati va o’ziga xos belgilari.
2. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o’tkazish tartibi.
3. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimi sintetik hisobini hamda soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.
4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish.
5. Nomoddiy aktivlar auditi natijalarini umumlashtirish va baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |